Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 7 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilinganligining yigirma ikki yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risida”gi F-4376-sonli Farmoyishining ijrosini ta’minlash hamda erkin va obod kelajagimiz poydevorini belgilab bergan Konstitutsiyamiz va undagi normalarni targ’ib qilish maqsadida, Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari uchun doimiy ravishda o’tkazib kelinayotgan "Huquqiy bilimlar” o’quv mashg’ulotlari doirasida "Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi”, "O’zbekiston-konstitutsiyaviy davlat qurish yo’lida”, "Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati”, "Konstitutsiya va iqtisodiyot”, "o’zbek modeli”, "Konstitutsiya va huquqiy madaniyat”, "Konstitutsiya va ma’naviyat”, "Konstitutsiya va xalqaro hayot”, "Konstitutsiya va "Sog’lom bola yili” davlat dasturi uyg’unligi” mavzulari o’rganildi hamda Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari ishtirokida 2014 yil 5 dekabrda "O’zbekiston-konstitutsiyaviy davlat qurish yo’lida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi va Mustaqil O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining turmush hayotida Qomusimizning ahamiyatini yoritish qaratilgan ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.