Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining "Elektron hukumat" davlat dasturida ishtiroki hamda ushbu dasturda bajarilgan amaliy ishlar to’g’risidagi ma’lumotlar.
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalarining 13 nafar xodimi 2013 yilning dekabr oyida Toshkent Axborot-texnologiyalari universitetida tashkil etilgan "Elektron hukumat” o’quv kursida malakasini oshirib qaytdi. Bugungi kunda Boshqarma va uning tizimidagi arxiv muassasalarining xodimlarini Toshkent Axborot- texnologiyalari universiteti Urganch filiali bilan hamkorlikda (Konchilik institutida) tashkil etilayotgan "Kompyuter texnikasi, internet va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish” mavzusidagi o’quv kurslarida tizimli ravishda malakasini oshirish yuzasidan shartnomalar imzolanmoqda.
Arxiv muassasalari faoliyatiga axborot- kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish borasida ham muayyan ishlar olib borilmoqda. Xususan, Boshqarma hamda viloyat arxiv muassasalari o’rtasida axborot almashuvi Internet orqali yo’lga qo’yilgan bo’lib, ushbu tizimni bugungi kunda korporativ tarmoq orqali amalga oshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Boshqarma va viloyat arxiv muassasalarida axborot almashuv elektron raqamli imzo bilan "e-xat” himoyalangan pochta tizimi orqali yo’lga qo’yilgan. Natijada hozirgi kunda viloyat arxiv muassasalari o’rtasida qog’ozsiz axborot aylanish hajmi 89,7%ni, kompyuterlar bilan ta’minlanganlik darajasi 98,3%, kompyuter texnikalari bilan ishlashni o’zlashtirish darajasi 76,4% ni tashkil etdi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.