/ / Direksiya nizomi

Direksiya nizomi

Navoiy viloyati arxiv ishi boshqarmasi

Direksiyasi to’g’risida

 N I Z O M

 

I. Umumiy qoidalar

 

1. Viloyat arxiv ishi boshqarmasining Direksiyasi viloyatda arxiv ishini rivojlantirishning joriy va istiqbolli rejalarini bajarilishi, uslubiy qo’llanma va me’yoriy hujjatlar loyihalari, idoralararo munosabatlarni rivojlantirish hamda davlat va idoraviy arxivlar shuningdek korxona muassasa, tashkilotlarning arxiv ishi va ish yuritish bilan bog’liq boshqa masalalarini ko’rib chiqadigan maslahat huquqiga ega bo’lgan kollegial organ hisoblanadi.

2. Direksiya arxiv ishi boshqarmasi buyrug’i bilan tuziladi, uning Nizomi va tarkibi boshqarma boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi.

3. Direksiyaga tarkibi 7 kishidan iborat boshqarma boshlig’i (direksiya raisi), viloyat davlat arxivi direktori (rais o’rinbosari) bosh mutaxassis (kotib) va boshqarma tizimidagi  arxiv muassasalarining rahbar xodimlari kiradi.

4. Direksiya o’z faoliyatida “Arxivlar to’g’risida”gi  Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining arxiv sohasiga oid qarorlari, “O’zarxiv” agentligining buyruqlari, qoidalari, ko’rsatmalari, arxiv ishi boshqarmasining Nizomi hamda mazkur Nizomlarga amal qiladi.

 

II. Asosiy vazifalar va funksiyalar

 

1. Direksiyaning asosiy vazifasi viloyatda arxiv ishini reja va dasturlar asosida unumli va sifatli amalga oshirishda arxiv muassasalariga ko’maklashish.

2. Direksiya o’z yig’ilishlarida:

-Navoiy viloyati hududida arxiv ishini va ish yuritishni rivojlantirish;

-yillik va istiqbolli rejalarni bajarilishi;

-uslubiy qo’llanmalar va me’yoriy hujjatlarning loyihalarini;

-idoralararo aloqalarni rivojlantirish;

-“O’zarxiv” agentligi hamda boshqa yuqori tashkilotlarning buyruqlari, qarorlari va ko’rsatmalarini arxiv ishi boshqarmasining buyruqlarining ijro etilishi;

-davlat arxiv muassalarining joriy va istiqbolli rejalarining umuman va yo’nalishlar bo’yicha saqlanishi hamda bajarilishi;

-ijro va mehnat intizomi, bajariladigan joriy va istiqbolli rejalaridagi ishlarining sifati, to’liqliligi;

-arxiv boshqarmasi ekspert-tekshirish komissiyasi  ishining tashkil etilishi va holati hamda ularni yaxshilash bo’yicha takliflar;

-nashrlik masalalari bo’yicha davlat arxiv muassasalarida olib boriladigan alohida ishlarining uslublari, ilmiy-ma’lumotnoma apparatining tashkil etilishi va rivojlanishi, hujjatlar hisobi, saqlanishi va ulardan foydalanish ishlari:

-kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish, joy-joyiga qo’yish, kadrlar zahirasi bilan ishlash;       

-arxivlarning moddiy texnika bazasini yaxshilash va takomillashtirish arxiv ishi amaliyotiga zamonaviy Fan va texnika yutuqlarini joriy etish;

-yong’inga qarshi texnika xafsizligi, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ichki tartib  va qo’riqlashni tashkil qilish;

-davlat, idoralar va idoralararo arxivlar  hamda  tashkilotlarning ish yuritish xizmatlarining faoliyati bilan bog’liq boshqa masalalarni ko’rib chiqadi.

 

III. Huquqlari

 

            O’z oldiga qo’yilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda direksiya qo’yidagi huquqlarga ega:

-direksiya yig’ilishlariga masalarni tayyorlash va ko’rib chiqish uchun arxiv muassalari xodimlari va ulardagi jamoat tashkilotlari vakillarini taklif etish; 

-yig’ilishlarda ko’rib chiqiladigan masalarga oid materiallarni o’z vaqtida taqdim etilishini tegishli arxiv xodimlardan talab qilish;

-yig’ilishlarda ko’riladigan masalalar yuzasidan loyihalarni ma’qullash, tasdiqlashga taqdim etish, qayta ishlashga qaytarish, ijroga qabul qilish;

-navbatdan tashqari shuningdek tarmoq kasaba uyushma tashkiloti bilan qo’shma yig’ilishlar o’tkazish;

-arxiv ishini takomillashtirish bo’yicha “O’zarxiv” agentligiga takliflar kiritish;     

 

IV. Direksiya ishini tashkil etish

           

            Direksiya ishi viloyat arxiv ishi boshqarmasi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi.

            Direksiya ishini tashkil qilish, kotib etib tayinlangan boshqarmaning bosh mutaxassisiga yuklanadi. Direksiya kotibi yig’ilishlarga materiallarni o’z vaqtida tayyorlash, belgilangan muddatlarda yig’ilishlarga taklif qilish, qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilib borish, direksiya ishi haqida hisob-kitob va hisobotlarni yuritishni ta’minlaydi. Direksiya ishi boshqarma hisobotlarida ko’rsatiladi.

            Direksiya yig’ilishlari zaruriyat tarzida, ammo chorakda bir marotabadan o’tkaziladi.

Direksiya qarorlari  Boshqarma boshlig’i tomonidan tasdiqlangan bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

Boshqarma boshlig’i va Direksiya o’rtasida vujudga kelgan  zidiyatli holatlarda boshqarma boshlig’i  vujudga kelgan holat bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’zarxiv» agentligiga xabar bergan holda o’z qarorini hayotga tadbiq etadi. Direksiya a’zolari ham o’z navbatida fikrlari to’g’risida ushbu instansiyaga xabar berishlari mumkin.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!