/ / / Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to’g’risida

NIZOM

  1. Umumiy qoidalar
  2. Mazkur Nizom “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekistan Respublikasining Qonuniga (keyingi o’rinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida (keyingi o’rinlarda Boshqarma deb ataladi) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (keyingi o’rinlarda murojaat deb ataladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.
  3. Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar Boshqarmaga murojaat qilish huquqiga ega.
  4. Ushbu Nizomning amal qilishi:

ko’rib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xo’jalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

Boshqarmaning, shuningdek uning tizimidagi arxivlarning o’zaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

  1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo’llaniladi:

ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif - davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o’z ichiga olgan murojaat;

shikoyat - buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to’g’risidagi talab bayon etilgan murojaat;

anonim murojaat - jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar yoki yuridik shaxsning to’liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilmagan yoxud ular haqida yolg’on ma’lumotlar ko’rsatilgan, shuningdek imzo (elektron raqamli imzo) bilan tasdiqlanmagan murojaat;

murojaatning dublikati - aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati nusxasi;

takroriy murojaat - avvalgi murojaatlar bo’yicha qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat kilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda ko’rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bo’lsa, avvalgi murojaat uchun vaqtida ko’rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat;

elektron murojaat - elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan elektron hujjat shaklidagi murojaat.

  1. Murojaatlar og’zaki yoki yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.

Boshqarmaning “ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar og’zaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, ro’yxatga olinadi va ko’rib chiqiladi.

Boshqarma veb-sayti orkali yoki Boshqarmaning elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.

O’zbekistan Respublikasi YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali (Xukumat portali) orkali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Maxkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 378-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi Hukumat portalidagi foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali “O’zarxiv” agentligi tizimidagi tashkilotlariga yuborilgan murojaatlar bilan ishlash Tartibi talablari xisobga olingan xolda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.

  1. Murojaatlar arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida bo’lishi mumkin.

Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa bo’lib murojaat etishlari mumkin.

  1. Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
  2. Jismoniy shaxsning murojaatida uning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to’g’risidagi ma’lumotlar va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.

Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning to’lik nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to’g’risidagi ma’lumotlar ko’rsatilgan va murojaatning mohiyati bayon etilgan bo’lishi kerak.

Yozma murojaat murojaat qiluvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat qiluvchi yuridik shaxs rahbarining yoxud vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan bo’lishi lozim. Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni bo’lmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qo’shimcha ravishda yozib qo’yilishi kerak.

Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan elektron hujjat shaklida bo’lishi lozim. Elektron murojaat Qonunda belgilangan talablarga muvofiq bo’lishi kerak.

Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

  1. Murojaatlarni berish muddatlari, qoidaga ko’ra, belgilanmaydi. Ayrim hollarda, agar bu Boshqarmaning murojaatni ko’rib chiqish bo’yicha imkoniyatlariga, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini o’z vaqtida amalga oshirish va himoya qilishni ta’minlash zaruratiga bog’liq bo’lsa, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko’ra, tegishli davlat organlariga murojaatni berish muddati belgilanishi mumkin.

Bo’ysunuv tartibida yuqori organga ariza yoki shikoyat jismoniy yoki yuridik shaxsga uning xukuklari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi harakat (harakatsizlik) sodir etilganligi yoxud qaror qabul qilinganligi ma’lum bo’lgan paytdan e’tiboran uzog’i bilan bir yildan kechiktirmay beriladi.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan muddati Boshqarma tomonidan tiklanadi.

  1. Boshqarmada jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga binoan amalga oshiriladi.
  2. Boshqarma ushbu Nizom talablariga muvofiq murojaatlar bilan ishlashda elektron hujjat aylanishi tizimini joriy qilishi mumkin.
  3. Murojaatlarni ko’rib chiqish tartibi
  4. Boshqarmada murojaatlarni qabul qilish, ro’yxatga olish va ko’rib chiqish uchun yuborish, shuningdek uning ko’rib chiqilishini nazorat qilish murojaatlar bilan ishlash uchun mas’ul bo’lgan YAgona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (gov.uz) yoki elektron pochta/veb-sayt orqali kelib tushgan elektron murojaatlar bo’yicha Hujjatlardan foydalanish va axborot xizmati bo’limi, jismoniy yoki yuridik shaxslardan, yuqori turuvchi organlardan bevosita kelib tushgan  murojaatlar bo’yicha mas’ul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
  5. Elektron murojaatlar tushgan kunida kog’ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bo’lgandan keyin tushgan takdirda esa - navbatdagi ish kunida kog’ozga bosib chiqarilishi kerak.
  6. Yozma va elektron (qog’ozga bosib chiqarilgan) murojaatlar murojaatlarni ro’yxatga olish jurnaliga tegishli yozuvlarni kiritish, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha hisobga olish kartochkasini to’ldirish va murojaatning birinchi sahifasi quyi o’ng qismida ro’yxatga olish shtampini qo’yish yo’li bilan ro’yxatga olinadi.

Murojaatlarni ro’yxatga olish jurnalida murojaatning tartib raqami, murojaat qilgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning yashash joyi, yuridik shaxsning nomi, uning manzili, murojaatning qisqacha mazmuni, murojaat qabul qilingan sana, dublikat yoki murojaatlarning takroriyligi, nazoratga olinganligi to’g’risidagi belgi, ijrochi etib belgilangan Boshqarma xodimi, sana ko’rsatilgan holda ijro etish to’g’risidagi belgi ko’rsatiladi.

Qayd etish shtampida Boshqarmaning rasmiy nomi, murojaatning kelib tushgan sanasi va qayd raqami ko’rsatiladi.

Murojaatlarning tartib raqamlari har yil boshidan yangidan hisoblanadi.

  1. Murojaat pochta orqali konvertda kelib tushganda konvertda murojaat va uning ilovalari borligi tekshiriladi.

Konvertda murojaatning mavjud emasligi yoki uning yaroqsizlanganligi, shuningdek murojaatda ko’rsatilgan ilovalarning yo’qligi aniqlanganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri murojaatlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul xodimda qoladi, ikkinchisi murojaat qiluvchiga konvertda ko’rsatilgan manzil bo’yicha jo’natiladi.

Kelib tushgan murojaatlar konvertlari murojaat etuvchining manzilini, murojaatning jo’natilgan va olingan vaqtini aniqlash uchun saqlab qolinishi mumkin.

  1. Og’zaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari murojaatlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul xodim, Boshqarma rahbari yoxud boshqa mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.

Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo’yicha hisobga olish kartochkasi to’ldiriladi. Hisobga olish kartochkasi og’zaki murojaat sifatida ro’yxatga olinadi.

  1. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari Boshqarmaga og’zaki murojaat etishganda ular tomonidan taqdim qilingan yozma murojaatlar hamda boshqa materiallar qabul qilinishi va ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq to’ldirilgan hisobga olish kartochkasiga ilova qilinishi kerak.
  2. Ro’yxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay Boshqarma boshlig’iga kiritiladi, u mas’ul xodimni belgilagan holda murojaatni ko’rib chiqish bo’yicha rezolyutsiyani (topshiriqnomani) qo’yadi.
  3. Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qo’yilgan paytdan boshlab bir ish kuni mobaynida ish yuritish yuklatilgan mas’ul xodim murojaatni ijro etuvchi xodimga imzo qo’ydirgan holda beradi.
  4. Boshqarmaga kelib tushgan murojaatlar ish yurituviga qabul qilinishi, bo’ysunish tartibida Boshqarma tizimidagi arxivlarga yuborilishi yoki tegishliligi bo’yicha boshqa tashkilotga yuborilishi mumkin.
  5. Qo’yilgan masalalarni hal etish Boshqarma vakolati doirasiga kirmaydigan  murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirmay Boshqarma boshlig’i tomonidan imzolangan xat bilan tegishli tashkilotlarga yuboriladi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar q

Murojaatni ko’rib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga o’tkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.

Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar mavjud bo’lmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchilarga qaytariladi.

  1. Boshqarma tizimidagi arxivlar tomonidan ko’rib chiqilishi kerak bo’lgan murojaatlar unga kelib tushgan kunidan boshlab besh kun muddatdan kechiktirmay xat bilan yoki Boshqarma rahbariyati tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga yuborilishi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar berilishi kerak.
  2. Agar murojaatda bir nechta tarkibiy bo’limga tegishli masalalar mavjud bo’lsa, ularning barchasi murojaatni ko’rib chiqish bo’yicha ijro etuvchilar etib belgilanadi. Ijro etuvchilar orasida birinchi bo’lib ko’rsatilgan tarkibiy bo’lim boshqa tarkibiy bo’limlar bilan birgalikda murojaat ko’rib chiqilishini ta’minlaydi.
  3. Murojaatni to’liq, xolis va o’z vaqtida ko’rib chiqish uchun qo’shimcha ma’lumotlar, ma’lumotnomalar va materiallarga zaruriyat yuzaga kelgan taqdirda murojaatni ko’rib chiquvchi tarkibiy bo’lim murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek Boshqarmaning vakolatlari doirasida - belgilangan tartibda boshqa davlat tashkilotlaridan qo’shimcha axborotni so’rab olishi mumkin.
  4. Agar murojaatda joyning o’zida o’rganishni talab etuvchi holat bayon qilingan bo’lsa, shuningdek boshqa zarur hollarda Boshqarma murojaatni joyning o’zida ko’rib chiqishni ta’minlashi mumkin. Murojaatni joyning o’zida ko’rib chiqish Boshqarma rahbarining topshirig’i yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
  5. Murojaatni murojaat qilgan yoki boshqa shaxsning ishtirokisiz ko’rib chiqishning imkoniyati bo’lmaganda, ular Boshqarma rahbariyati tomonidan chaqirilishi mumkin. CHaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda, Boshqarma boshlig’i topshirig’i asosida murojaatni uning ishtirokisiz ko’rib chiqish mumkin emasligi to’g’risida javob yuboriladi.
  6. Agar murojaatda o’rtaga qo’yilgan masalalar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatiga daxldor bo’lsa, ularning vakillari murojaatni ko’rib chiqishda ishtirok etish uchun Boshqarma tomonidan o’z vakolatlari doirasida jalb etiladi.
  7. Zarur hollarda murojaatlarni ko’rib chiqish uchun Boshqarma tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
  8. Murojaatlarni ko’rib chiqish natijalari bo’yicha Boshqarma tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoxud elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.

Murojaatni qoniqtirmasdan qoldirish to’g’risidagi qarorni Boshqarmada – Boshqarma boshlig’i; viloyat, shahar va tuman arxiv muassasalarida – arxiv direktorlari qabul qiladi.

Murojaatga javob xatida murojaatda ko’rsatilgan har bir masala bo’yicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar (zaruriyatga qarab qonun hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda) bo’lishi kerak.

  1. Murojaatga javob xati Boshqarma boshlig’i tomonidan imzolanadi.

Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.

  1. Jismoniy yoki yuridik shaxslar jamoa bo’lib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari Qonun talablariga muvofiq ko’rib chiq Bunda murojaatga javob murojaat qilganlarning ro’yxatida birinchi bo’lib ko’rsatilgan shaxsga yoki, ularning talabiga ko’ra boshqa shaxsga yuboriladi.
  2. Murojaat, unda ko’tarilgan barcha masalalar Qonun talablariga muvofiq ko’rib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda ko’rib chiqilgan h

Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatni ko’rib chiqish tugallangan kun hisoblanadi, bu haqda murojaatlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul xodim murojaatlarni ro’yhatga olish jurnaliga va hisobga olish kartochkasiga belgi qo’yadi.

Oraliq javoblar berilgan va to’liq ko’rib chiqilmagan murojaatlar ijrodan yoki nazoratdan olinmaydi.

  1. Agar murojaatni ko’rib chiqish jarayonida murojaatning dublikati kelib tushsa, ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda ko’rib chiqiladi hamda natijasi bo’yicha yagona javob beriladi.

Agar murojaatning dublikati murojaat ko’rib chiqilgan va javob yuborilgandan keyin kelib tushsa, u holda Boshqarma tomonidan murojaat qiluvchi bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.

  1. Nazoratga olingan murojaat Boshqarma boshlig’i tomonidan nazoratdan va ijrodan olinadi.
  2. Oliy Majlis, Prezident Devoni, Vazirlar Mahkamasi nazoratida turgan murojaatlar bo’yicha murojaatni ko’rib chiqqan Boshqarma murojaat qiluvchiga yuborilgan javob xatining nusxasini ilova qilgan holda murojaatni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida yuqori davlat organiga yozma shaklda xabar beradi.
  3. Jismoniy va yuridik shaxslar o’z murojaatlarini ular ko’rib chiqilgunga qadar va ko’rib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar yozma yoxud elektron shaklda ariza berish yo’li bilan qaytarib olish huquqiga ega. Bunday ariza tushgan taqdirda murojaatni ko’rib chiqish to’xtatiladi va uch kun mobaynida murojaat Boshqarmaning xati bilan murojaat qiluvchiga q

Murojaatni qaytarib olish to’g’risidagi ariza Boshqarma tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rilishini istisno etmaydi.

  1. Ko’rib chiqilgan murojaatlarni va ular bilan bog’lik materiallarni saqlash umumiy ish yuritishda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  • Murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari
  1. Ariza yoki shikoyat vakolati doirasida Boshqarmaga kelib tushgan kundan e’tiboran o’n besh kun mobaynida, qo’shimcha o’rganish va (yoki) tekshirish, qo’shimcha hujjatlarni so’rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiq

Ariza va shikoyatlarni ko’rib chiqish uchun tekshirish o’tkazish, qo’shimcha materiallarni so’rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’lgan hollarda, ularni ko’rib chiqish muddatlari Boshqarma boshlig’i tomonidan, istisno tariqasida, ko’pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar qilinadi.

  1. Taklif Boshqarmaga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqiladi, qo’shimcha o’rganishni talab etadigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy yoki yuridik shaxsga o’n kun muddatda yozma shaklda xabar q
  2. Ayrim hollarda Boshqarma boshlig’i murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlarini qisqartirishi mumkin.
  3. Murojaatlar bilan ishlash muddatlari ular Boshqarmaga kelib tushgan kundan boshlab h Agar tegishli muddatning oxirgi kuni dam olish va bayram kunlariga to’g’ri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.
  4. Murojaatlarni ko’rmay qoldirish
  5. Quyidagi murojaatlar ko’rib chiqilmaydi:

anonim murojaatlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lmagan taqdirda;

qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo’lmagan murojaatlar.

  1. Murojaatni anonim deb e’tirof etish murojaatlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul xodim tomonidan amalga oshiriladi.

Murojaat anonim deb e’tirof etilganda bu haqda xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar ko’rsatiladi. Murojaatni anonim deb e’tirof etish to’g’risidagi xulosa murojaatlar bilan ishlovchi mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi.

Boshqarmaning “ishonch telefoni”ga tushgan murojaatlar Qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e’tirof etilishi mumkin.

Anonim deb e’tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.

  1. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlash bo’yicha bo’limlar ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradilar.

Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo’lmasa, bu haqda murojaatlar bilan ishlash bo’yicha masul xodimlar tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.

Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi to’g’risidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab ushbu murojaat ko’rib chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.

  1. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish
  2. Boshqarma va uning tizimidagi arxivlarda belgilangan kunlar va soatlarda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.

Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning yuridik vakillarini qabul qilish Boshqarma boshlig’i yoxud boshqa vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Boshqarmada jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari Boshqarma boshlig’i tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan qabul qilinadi.
  2. Qabul qilish jadvallari va uni o’tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to’g’risidagi axborot, shuningdek qabul qilish tartibi Boshqarma rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek faoliyat yuritayotgan ma’muriy binosida hamma ko’rishi mumkin bo’lgan joydagi stendga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.

Jismoniy shaxs og’zaki murojaat etayotganda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa - o’z vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatishi kerak.

  1. Murojaatlar bilan ishlash bo’yicha xodimlar qabulga kelgan jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni, shuningdek jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bilan bog’liq ishlarni tashkil etadi.
  2. Boshqarmada jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish murojaatlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul xodimlar ishtirokida amalga oshiriladi.
  3. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiluvchi Boshqarma boshlig’i ko’rsatmasi bo’yicha Boshqarmaning boshqa xodimlari ham qabul qilish jarayoniga jalb etilishi mumkin.
  4. Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish Boshqarmaning vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.
  5. Boshqarma boshlig’i tomonidan sayyor shaxsiy qabullar tashkil etilishi mumkin.
  6. Sayyor shaxsiy qabullar vaqtida murojaatlar bilan ishlash Boshqarma mas’ul xodimlari ishtirok etishi mumkin.
  7. Boshqarma rahbariyatining sayyor shaxsiy qabullari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O’zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq o’tkaziladi.

Zarur hollarda jadvalda nazarda tutilmagan sayyor shaxsiy qabullar o’tkazilishi mumkin.

  1. Sayyor shaxsiy qabullarni o’tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to’g’risidagi axborot ushbu Nizomning 47-bandida belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
  2. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullar vaqtida berilgan og’zaki murojaatlari ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi va ro’yhatga olinadi hamda belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.
  3. Murojaatlarni ko’rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va davlat organlarining majburiyatlari
  4. Murojaat Boshqarma tomonidan ko’rib chiqilayotganda jismoniy va yuridik shaxs murojaat ko’rib chiqilishining borishi haqida axborot olish, shaxsan vajlarini bayon etish va tushuntirishlar berish, murojaatni tekshirish materiallari hamda uni ko’rib chiqish natijalari bilan tanishish, qo’shimcha materiallar taqdim etish yoki ularni boshqa tashkilotlardan so’rab olish to’g’risida iltimos qilish, advokat yordamidan foydalanish huquqiga ega.

Jismoniy va yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq murojaatlarni ko’rib chiqishda boshqa huquqlardan ham foydalanadilar.

  1. Boshqarmaning murojaatni ko’rib chiquvchi Boshqarma boshlig’i yoki boshqa vakolatli shaxslari:

jismoniy va yuridik shaxsga ularning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga dahldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan, agar ularda davlat sirlarini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirlarni tashkil etuvchi ma’lumotlar mavjud bo’lmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlariga, erkinliklariga hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, tanishib chiqish imkoniyatini ta’minlashi;

murojaatni ko’rib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorning ijrosini nazorat qilishi, shuningdek agar jismoniy yoki yuridik shaxsga uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida moddiy zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo’lsa, qonunda belgilangan tartibda moddiy zararning o’rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish bo’yicha chora-tadbirlar ko’rishi;

murojaat etuvchiga ko’rib chiqish natijalari hamda qabul qilingan qaror haqida murojaat ko’rib chiqilganidan so’ng zudlik bilan yozma yoxud elektron shaklda xabar qilishi shart.

Murojaat yuzasidan qaror qabul qilgan Boshqarma boshlig’i agar jismoniy yoki yuridik shaxs qarorga rozi bo’lmasa, uning yuzasidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.

  • Murojaatlar ko’rib chiqilishini nazorat qilish.

Murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilish

  1. Murojaatlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul xodimlar Boshqarma tizimidagi arxivlar tomonidan murojaatlar ko’rib chiqilishini doimiy nazorat qiladi va uning monitoringini olib boradi, ularning o’z vaqtida va zarur tarzda ko’rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko’radi.

Murojaatlar bilan ishlash bo’yicha mas’ul xodimlar murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari va tartibi tizimdagi arxivlar tomonidan buzilishi to’g’risida Boshqarma boshlig’ini darhol xabardor qiladi.

Murojaatlar bilan ishlash bo’yicha xodimlar monitoring natijalari bo’yicha har oyda Boshqarma boshlig’iga murojaatlar ko’rib chiqilishining holati to’g’risidagi axborotni, zaruriyat bo’lganda, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, murojaatlar to’g’risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo’l qo’ygan davlat organi xodimlariga nisbatan javobgarlik choralarini ko’rish yuzasidan tegishli takliflar bilan birgalikda taqdim etadi.

  1. Boshqarma jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida har chorakda murojaatlarni umumlashtirish va tahlil qilishni ta’minlaydi.

Tahlil natijalari bo’yicha murojaatlar bilan ishlash bo’yicha xodimlar Boshqarma boshlig’iga  murojaatlarni ko’rib chiqishning qonuniyligini ta’minlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.

VIII. Murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari va tartibi buzilganligi uchun javobgarlik

  1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko’rib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etish, ularni ko’rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, yozma yoxud elektron shaklda javob yubormaslik, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlariga zid qaror qabul qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanishini, murojaat munosabati bilan qabul qilingan qarorning bajarilishini ta’minlamaganlik, jismoniy shaxslarning shaxsiy hayoti to’g’risidagi yoxud yuridik shaxslarning faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, jismoniy va yuridik shaxsni murojaat qilganligi munosabati bilan yoxud bildirilgan fikri va murojaatidagi tanqid uchun ta’qib qilish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.
  2. Qonun va ushbu Nizom talablariga rioya etishni ta’minlash uchun javobgarlik Boshqarma boshlig’iga hamda murojaatlar bilan ishlash bo’yicha xodimlarga yuklanadi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!