O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 2004 yil 3 fevraldagi 49 sonli qaroriga asosan Navoiy viloyati hokimligi arxiv bo’limi Navoiy viloyati hududiy arxiv ishi boshqarmasiga aylantirildi.
Boshqarma Navoiy shahar M.Tarobiy ko’chasi 107-a uy Viloyat davlat arxivining 1-qavatida joylashgan.
Navoiy viloyati hududiy arxiv ishi boshqarmasi:
- Navoiy viloyati hududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
tegishli davlat, idoraviy, birlashgan idoraviy va idoralararo arxivlarda, shuningdek korxona, tashkilot, xo’jalik sub’ektlari, jumladan fermer xo’jaliklarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida qonunchilikka rioya etilishini amalga oshirishni va ta’sirchan nazoratni ta’minlash;
davlat arxivlarida saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, saqlovini ta’minlash, davlat hisobini olib borish va foydalanish;
tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish ahvolini tahlil qilish, ularning rivojlanish tendensiyalarini va qonuniyligini o’rganish;
tegishli arxiv muassasalari, jumladan idoraviy, birlashgan idoraviy va idoralararo arxivlar ish amaliyotiga ilmiy-texnika va ilmiy tadqiqotlar natijalarini joriy etish, arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya masalalari bo’yicha tizimdigi davlat arxivlarida metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;
tegishli davlat arxivi va uning filiallari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish, ularning sifatli va samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash;
Navoiy viloyati hududidagi davlat arxiv muassasalari va tashkilotlarida shuningdek, arxiv muassasalari tarmog’ida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish va kelgusida rivojlantirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish;
arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va chet el ilg’or ish tajribalarini o’rganish va tadbiq etish;
O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga ta’luqli informatsion resurslarni saqlashni ta’minlash, elektron arxivlarni faoliyat yuritishini va tashkil etilishini muvofiqlashtirish va boshqarish kabi vazifalarni bajaradi.
Navoiy viloyati hududiy arxiv ishi boshqarmasi tizimiga 8 ta davlat arxivlari va 4 ta xo’jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari kiradi. Mazkur arxiv muassasalarida 85 nafar xodim faoliyat yuritib kelmoqda.
Davlat arxivlari:
Navoiy viloyati davlat arxivi,
Zarafshon shahar davlat arxivi,
Karmana tumani davlat arxivi,
Konimex tumani davlat arxivi,
Xatirchi tumani davlat arxivi,
Nurota tumani davlat arxivi,
Qiziltepa tumani davlat arxivi,
Tomdi tumanlari davlat arxivi
Shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxivlari:
Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi,
Navbahor tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi,
Uchquduq tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi,
Xatirchi tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.