Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining
ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) to’g’risida
N I Z O M
I. Umumiy qoidalar
1. Hujjatlar qimmatdorligini ekspertiza qilish va ularni davlat hamda idoraviy arxivlarda jamlash masalalari, muassasalar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish bilan bog’liq, shuningdek davlat arxivlari ekspertiza-tekshiruv komissiyalari ETK (EK)-lari hamda korxona, muassasa va tashkilotlarning ekspert komissiyalari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni uyushtirish va nazorat qilishni amalga oshirish maqsadida Navoiy viloyati hududiy arxiv ishi boshqarmasining ekspert-tekshiruv komissiyasi (keyingi o’rinlarda- ETK) tashkil qilinadi.
2. ETK O’zbekiston Respublikasining «Arxiv ishi to’g’risida»gi Qonuni va respublikaning boshqa qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va qonunchilik palatasi qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, «O’zarxiv» agentligining buyruqlari va ko’rsatmalariga, hujjatlar bilan ishlash bo’yicha me’yoriy hujjatlar va uslubiy qo’llanmalarga, «O’zarxiv» agentligining Markaziy ekspert-tekshiruv komissiyasi (METK) qarorlariga, arxiv boshqarmasi buyruqlari hamda mazkur nizomga asosan faoliyat ko’rsatadi.
3. ETK-maslahat organi hisoblanadi. Uning qarorlari hududiy arxiv ishi boshqarmasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi, shundan so’nggina arxiv muassasalari, shuningdek viloyat korxona, tashkilot va idoralarida bajarilishi shart hisoblanadi.
Amaldagi ro’yxatlarda va yig’majildlarning namunaviy nomenklaturalarida ko’zda tutilmagan hujjatlar saqlov muddatlarini aniqlash hamda respublikaning me’yoriy va uslubiy qo’llanmalariga o’zgarishlar kiritish bilan bog’liq bo’lgan komissiyasining qabul qilgan qarorlari va takliflari «O’zarxiv» agentligining MTKsi tomonidan belgilangan tartibda ko’rib chiqilishi lozim.
4. ETK tarkibida rais, uning o’rinbosari, kotib va viloyat arxiv ishi boshqarmasi hamda Navoiy viloyatida joylashgan davlat arxivlari va viloyat hokimligi arxivi mutaxassislaridan, korxona, tashkilot, idoralar, jamoat va ilmiy tadqiqot muassasalari tashkilotlari, o’quv yurtlari vakillaridan tashkil topgan komissiya a’zolari bo’ladi. ETK raisi etib hududiy arxiv ishi boshqarmasi yoki viloyat davlat arxivi mas’ul xodimlaridan biri tayinlanadi.
5. ETK ishiga umumiy rahbarlik qilishni arxiv ishi boshqarmasi boshlig’i olib boradi.
6. ETK huzurida ekspertlar guruhi tuzilishi mumkin, uning tarkibi ETK raisi taqdimnomasi bilan viloyat hududiy arxiv ishi boshqarmasi boshlig’i buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
7. Viloyat hududiy arxiv ishi boshqarmasi rahbari buyrug’i bilan tasdiqlangan ETK Nizomi ishlab chiqiladi.
II. ETKning asosiy vazifalari va xizmatlari.
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi ETKsining asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat:
8. Viloyat davlat arxivlarining jamlovchi-manbalari turlarini va O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O’.R.MAF) hujjatlari tarkibini aniqlash;
9. O’z.R. MAF hujjatlari tarkibini optimallashtirish, hujjatlar muhimlik qiymati ekspertizasini uslubiy va amaliy masalalari ular bilan davlat va idoraviy arxivlarni jamlash masalalarini ko’rib chiqish va tegishli qarorlarni qabul qilish;
10. Davlat arxivlari ekspert komissiyalari hamda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ekspert komissiyalari, shu jumladan O’z.R. MAF hujjatlarining doimiy saqlanuvini amalga oshiradigan idoralar faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va nazorat olib borish.
11. ETK o’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq qo’yidagilarni ko’rib chiqadi:
a) viloyat davlat arxivlarining jamlovchi-manba hisoblangan muassasalari ro’yxatini, shu jumladan ilmiy-texnikaviy, kino, ovozli va boshqa maxsus hujjatlarni yaratadigan muassasalar ro’yxatini, davlat arxivlarini shaxsiy kelib chiqish hujjatlari bilan jamlovchi–manbalar ro’yxatlarga kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalarni;
b) viloyat davlat arxivlari, muassasalar va tashkilotlari ekspert komissiyalarining ulardagi hujjatlarni O’z.R.MAFga kiritish bo’yicha takliflarni;
v) davlat arxivlarining jamlovchi-manbai hisoblangan idoralar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni davlat saqloviga topshirish uchun tayyorlash va topshirish reja-jadvallarini;
g) davlat saqloviga topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlar va yig’majildlar ro’yxatini, loyihalar (obektlar) va muammolar (mavzular) ro’yxatini, ilmiy-texnikaviy hujjatlar ro’yxatini;
d) viloyat davlat arxivlarining jamlovchi-manba hisoblangan muassasalar uchun namunaviy va alohida yakka yig’majildlar nomenklaturasini;
e) muassasalar tomonidan taqdim qilinadigan doimiy saqlanishi lozim bo’lgan boshqaruv, ilmiy-texnikaviy, kino, surat, ovozli, badiiy-ijodiy va boshqa maxsus hujjatlar yig’majildlari ro’yxatini; uzoq saqlanishi lozim bo’lgan shaxsiy tarkib hujjatlari yig’majildlari ro’yxatini ilmiy-texnikaviy va kino, surat, ovozli hujjatlarni yo’q qilishga ajratish haqidagi dalolatnomalarni;
j) viloyat davlat arxivlarida hujjatlarni ilmiy-texnikaviy tartibga solish va ro’yxatlarni qayta ishlashdan so’ng tuzilgan doimiy saqlanuvchi yig’majildlar ro’yxatini; davlat arxivlari fondlari hujjatlarini va yig’majildlarini yo’q qilishga ajratish haqida dalolatnomalarni;
z) davlat va idoralar arxivlarida doimiy saqlovdagi ammo tuzatib bo’lmaydigan darajada shikastlangan yig’majildlar haqidagi dalolatnomalarni; davlat saqlanuviga topshirilishi lozim bo’lgan, ammo topilmagan yig’majildlar haqidagi dalolatnomalarni;
i) davlat arxivlarida saqlanayotgan ularning jamlovchi-manba muassasalari taqdim etadigan o’ta qimmatli hujjatlar ro’yxatini; o’ta qimmatli yig’majildlar ro’yxatini va sug’urta nusxalar ro’yxatini;
k) davlat arxivlarining jamlovchi-manba hisoblangan tashkilot taqdim qiladigan mikronusxa ko’rinishdagi doimiy saqlanishi lozim bo’lgan hujjatlar ro’yxatini;
l) shaxsiy kelib chiqish hujjatlarini davlat saqloviga qabul qilish (sotib olish) masalalarini;
m) viloyat davlat arxivlari va boshqa muassasalar tomonidan ishlab-chiqilgan xujjatlarning muhimlik qiymatini ekspertiza qilish hamda ularni davlat va idoraviy arxivlar tomonidan jamlash masalalari bo’yicha uslubiy qo’llanmalarni;
n) hujjatlarning muhimlik qiymatini ekspertiza qilish va jamlash sohasi bo’yicha tekshiruv-ishlar dasturi, ilmiy-tadqiqot mavzuida ishlab-chiqilgan bosqichli va yakuniy hisobotlarni;
o) hujjatlarning muhimlik qiymatini ekspertiza qilish hamda ularni davlat va idoraviy arxivlarda jamlash, muassasalar ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish masalalari bo’yicha me’yoriy va uslubiy qo’llanmalarni ishlab-chiqishga oid davlat arxivlari va boshqa tashkilotlar, muassasalar, korxonalarning takliflarini;
p) hujjatlarning saqlash muddatlarini aniqlash bo’yicha davlat arxivlari va boshqa tashkilotlar, muassasalar, korxonalar takliflarini;
r) davlat arxivlari ekspert komissiyalari ishi haqida va tashkilotlar, muassasalar, korxonalar ekspert komissiyalarining vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha hisobotlari va ma’ruzalarini;
s) hujjatlarning muhimlik qiymatini ekspertizasi hamda ularni davlat va idoraviy arxivlarga jamlash bo’yicha davlat saqloviga ajratish jarayonida paydo bo’lgan kelishmovchiliklarni ko’rib chiqadi;
t) arxiv muassasalarini tashkil etish jarayonida arxiv hujjatlarining saqlash sharoitlari va arxivning ta’minlanganligini o’rganadi va o’rganish natijalariga asosan xulosa beradi.
III. ETK huquqlari
12. ETK qo’yidagilar bo’yicha qaror chiqarish xuquqiga ega:
ro’yxatlarni (11“g”), doimiy saqlanuvchi yig’majildlar ro’yxati (11“e; j”), qimmatli hujjatlar ro’yxati va yig’majildlar ro’yxati hamda sug’urta nusxalari yig’majildlari ro’yxati (11“i”)ni tasdiqlash haqida;
jamlovchi-manba muassasalar (shaxslar) ro’yxatini va ularga o’zgarishlar, qo’shimchalar kiritish (8); ro’yxatlar (11“k”), yig’majildlar nomenklaturasi (11“d”), shaxsiy tarkib hujjatlari, yig’majildlari ro’yxati (11“e”), dalolatnomalar (11 “e”, “j”, “z”) bo’yicha kelishuvlar haqida;
hujjatlarni topshirish reja-jadvallarni (11“v”); uslubiy qo’llanmalarni (11m”); ilmiy-tadqiqotlar dasturlari va natijalarini (11 “n”); hujjatlarni O’.R.MAFga taaluqligi bo’yicha takliflarni (11 “b”) ma’qullash haqida;
ETK shaxsiy kelib chiqish hujjatlarni davlat saqloviga qabul qilish bo’yicha (11 “l”), me’yoriy hujjatlar va uslubiy qo’llanmalarni ishlab chiqish (qayta ishlash) bo’yicha takliflarni (11 “m”.); hujjatlar saqlov muddatini aniqlash bo’yicha takliflarni (11 “p”), ekspert va kelishuv komissiyalar ishi to’g’risida hisobotlar va ma’ruzalarni (11 “r”), hujjatlarni davlat saqloviga ajratish jarayonida paydo bo’lgan kelishmovchilik masalalarini (11 “s”), muhokama etgandan so’ng tavsiyalar taqdim etadi.
arxiv muassasalarini tashkil etish jarayonida arxiv hujjatlarining saqlash sharoitlari va arxivning ta’minlanganligini o’rganib chiqadi va o’rganish natijalariga asosan xulosa beradi. (11 «t»).
Zarurat tug’ilganida ETK-ning shu masalalar bo’yicha tavsiyanomalari «O’zarxiv» agentligining METKsida ko’rib chiqish uchun yuboriladi.
13. ETKga qo’yidagi huquqlar beriladi:
a) zaruriyat tug’ilganida doimiy saqlovdagi hujjatlar yig’majildlari ro’yxatini ko’rib chiqish jarayonida muassasa, tashkilot va korxonalardan hujjatlarni yo’q qilish bo’yicha dalolatnomalarni talab qilish;
b) doimiy saqlovdagi, ammo yo’qolgan yig’majildlarni qidiruv choralarini ko’rish bo’yicha korxona, tashkilot va muassasalarga tavsiyalar berish, ularni rahbarlaridan hujjatlarning yo’qligi, yo’qotilganligi yoki konunsiz yo’q qilinganligi sabablarini yozma ravishda tushuntirib berishni talab qilish;
v) arxivlar va boshqa korxona, tashkilot muassasalardan hujjatlarni davlat saqloviga topshirishga yoki qilishga ajratish bo’yicha uslubiy va amaliy masalalar bo’yicha taklif va xulosalarni hamda shu masalalar bo’yicha ekspert komissiyalar bayonnomalarini talab qilish;
g) arxiv va boshqa korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlarini ularning tashkilotlaridagi ekspert komissiyalari faoliyati bo’yicha xabardor qilib turish;
d) O’z.R.MAFga taalluqli bo’lgan, doimiy saqlovdagi hujjatlarni noqonuniy yo’q qilishda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini viloyat hududiy arxiv boshqarmasi rahbariyatiga ko’rib chiqish uchun kiritish;
e) sifatsiz tayyorlangan hujjatlarni qaytadan ishlab chiqish uchun mualliflarga qaytarish;
14. ETK raisi komissiya nizomidan kelib chiqadigan huquqlarga ega bo’lib, uning faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi uchun javobgardir. U komissiyada ko’riladigan ayrim masalalarni tayyorlashga arxiv va boshqa muassasalarning mutaxassislarini konsultant va ekspert sifatida jalb qilish va ETK yig’ilishlariga taklif qilish huquqiga egadir;
15. ETK kotibi ijrochilardan komissiya yig’ilishlarida ko’rilishi lozim bo’lgan masalalarga oid hujjatlarni o’z vaqtida taqdim etilishini talab qilish huquqiga ega.
IV.ETK ishini tashkil etish.
16. ETKning faoliyati viloyat hududiy arxiv ishi boshqarmasining asosiy tadbirlar rejasida nazarda tutiladi.
17. ETK yig’ilishi zaruratga ko’ra o’tkaziladi, biroq yig’ilishlar orasi ikki oydan oshmasligi kerak. ETK yig’ilishlarida komissiya a’zolarining yarmidan ko’pi ishtirok etsagina uning qabul qilgan qarori kuchga kirgan hisoblanadi.
18. ETK yig’ilishlari bayonnomada aks ettiriladi. ETK qarorlari ko’rilayotgan har bir masala (hujjat) bo’yicha alohida, yig’ilishda ishtirok etayotgan komissiya a’zolarining ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lgan taqdirda ETK qarori hududiy arxiv ishi boshqarmasi boshlig’i tomonidan hal etiladi.
ETK a’zolari hamda komissiya yig’ilishida ishtirok etayotgan shaxslarning alohida fikrlari bayonnomada aks ettiriladi yoki unga ilova qilinadi.
19. ETK bayonnomasi rais va kotib imzosidan, so’ng hududiy arxiv ishi boshqarmasi boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi.
20. ETK yig’ilishlarida ko’rilgan masalalar (hujjatlar) natijasi bo’yicha komissiya qarori manfaatdor muassasalar va shaxslarga yuboriladi.
21. ETK kotibi komissiya raisi ko’rsatmasiga binoan komissiya yig’ilishi o’tkazilishini ta’minlaydi, bayonnomada, rais bilan birgalikda bayonnomalarni tasdiq uchun tayyorlaydi; komissiya qarorini manfaatdor muassasalar va shaxslarga yetkazadi; komissiyaning ishi hisobi va hisobotini amalga oshiradi; ETK hujjatlarini yuritadi va ular saqlanuvini ta’minlaydi; ETK faoliyati natijalari bo’yicha axborot tayyorlaydi.
22. Arxiv muassasalari xodimlarining ETK da ishlashi ularning asosiy ish joyi rejasida nazarda tutiladi va qo’shimcha ish haqi to’lanmaydi.
Arxiv muassasalari xodimi bo’lmagan komissiya faoliyatida faol va alohida o’rnak ko’rsatgan ETK a’zolari, ekspertlari va maslahatchilari ETK rahbariyati taklifiga ko’ra mehnat to’lovi jamg’armasi mablag’i hisobidan moddiy va ma’naviy tomondan rag’batlantirilishi mumkin.
(O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi «O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to’g’risida»gi 101-son qaroriga asosan qayta ishlab chiqildi)
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.