/ / O'zbekiston Davlat Bayrog'i

O'zbekiston Davlat Bayrog'i

O'zbekiston Davlat Bayrog'i

O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Bayroq - davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.

 

Bayroq to`rtta rangdan, 12 yulduz va yarim oydan iborat. Xalq idrokida bu timsollar quyidagicha tushuniladi:

  • ko`k rang - doim moviy osmonni, 
  • oq rang - xalqimizning oq ko`ngilini va uning oq paxtasini, 
  • yashil rang - cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni, 
  • 12 yulduz - O`zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarni bildiradi, 
  • yarim oy - yurtimiz Islom Sharqi mamlakati ekanligini bildiradi, 
  • bayroqdagi ikki qizil yo`l - mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ishora qiladi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!