2016 yil 28 oktyabr kuni Navoiy viloyati davlat arxivi binosida viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2016 yilning 9 oyligi yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Direksiya yig’ilishida, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining Direksiya a’zolari, viloyat arxiv muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.
Yig’ilishda - Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida 2016 yilning 9 oyligidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va viloyat arxiv muassasalarining 2016 yil iqtisodiy dasturining muhim va ustuvor vazifalarini amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash choralari to’g’risida.
“O’zarxiv” agentligining 2016 yil 20-21 oktyabrdagi 9 oy yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishida ko’rilgan masalalari to’g’risida.
Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to’g’risida.
Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi to’g’risida..
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan so’rovlar ijrosi hamda viloyat arxiv muassasalarida ijro intizomining holati to’g’risida.
Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish holati to’g’risida.
Qiziltepa tumani davlat arxivida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-son qarori hamda “O’zarxiv ” agentligi bosh direktori tomonidan tasdiqlanib Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijrosini o’rganish natijalari to’g’risida.
Uchquduq tumani ho’jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivida O’zbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to’g’risida”gi qonuni ijrosini o’rganish natijalari to’g’risida.
Tomdi tumani davlat arxivida O’zbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to’g’risida”gi qonuni ijrosini o’rganish natijalari to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi. Direksiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yichi tegishli qarorlar qabul qildi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.