Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko’rsatiladigan xizmatlar
RO’YXATI
I. Tashkilotlarning hujjatlarini tartibga keltirish |
|
1. |
Fondlarga tarixiy ma’lumotnoma tuzish |
2. |
Yig’majildlarni va hujjatlarni tartibga solish rejasini tuzish |
3. |
Yig’majildlarni va hujjatlarni tizimlashtirish sxemalarini ishlab chiqish |
4. |
Yig’majildlar va hujjatlarning fondga tegishliligini aniqlash va belgilash |
5. |
Yig’majildlar va hujjatlarning qimmatliligini ekspertiza qilishga qadar tizimlashtirish |
6. |
Hujjatlarning ilmiy-amaliy qimmatliligi ekspertizasini amalga oshirish (varaqma-varaq ko’rib chiqish, varaqma-varaq ko’rib chiqmasdan) |
7. |
Tartibga keltirilmagan (tarqoq) hujjatlar to’plamidan yig’majildlarni shakllantirish va ularni qaytadan shakllantirish |
8. |
Yig’majildlarga sarlavha tuzish va hujjatlarga annotatsiya yoki qisqacha ma’lumot yozish |
9. |
Yig’majildlardagi chizma qog’ozlarni buklab taxlash |
10. |
Yig’majildlar varaqlarini tizimlashtirish |
11. |
Ilmiy-texnikaviy hujjatlarni qismlar, loyiha bosqichlari, muammo bosqichlari bo’yicha tizimlashtirish |
12. |
CHizma hujjatlarini yig’majild ichida tizimlashtirish |
13. |
Yig’majildlar, hujjatlar va fotoalbomlarning ichki xatlovini tuzish |
14. |
Yig’majildlar sarlavhalarini tahrir etish |
15. |
Varaqchalarga arxiv belgilarini qo’yib chiqish |
16. |
Noto’g’ri shakllangan (tikib qo’yilgan) yig’majildlarni ajratish, hujjatlarni qisqichdan ajratish |
17. |
Yig’majildlar va fotoalbomlardagi varaqlarni raqamlash |
18. |
Fotoalbomdagi pozitivlarni raqamlash |
19. |
Kinohujjatlarni komplekt bo’yicha ajratish |
20. |
Kinohujjatlarni montaj stolida ko’rib chiqish |
21. |
Raqamlangan varaqlarni tekshirish, qayta raqamlash |
22. |
Yig’majildlar muqovasi yoki titul varaqlarini rasmiylashtirish |
23. |
Tashkilot fondi ichida yig’majildlarni tizimlashtirish |
24. |
Yig’majildlar muqovasiga arxiv raqamlarini qo’yib chiqish |
25. |
Yig’majildlarni kartonlashtirish va qayta kartonlashtirish |
26. |
Yorliqlarni yozib chiqish va yopishtirish |
27. |
Yig’majildlar ro’yxatini tuzish va rasmiylashtirish |
28. |
Ro’yxatlarga ilmiy-ma’lumot apparatini tuzish (so’zboshi, qisqartirilgan so’zlar ro’yxati, ko’rsatgichlar va boshqalar) |
29. |
Hujjatlarni stellajlardan ish joyiga tashish |
30. |
Hujjatlarni changdan tozalash |
31. |
Saqlash muddati tugagan hujjatlarga, topilmagan hujjatlarga, jismoniy zararlangan hujjatlarga dalolatnomalar tuzish |
32. |
Bajarilgan ishlar dalolatnomasini tuzish |
33. |
Alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash |
34. |
Tashkilot idoraviy arxivida hujjatlarning mavjudligi va holatini tekshirish |
35. |
O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini muddatidan ilgari davlat saqloviga qabul qilish |
36. |
Idoraviy arxivlarda yetmish besh yil mobaynida saqlanishi lozim bo’lgan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar, sud ishlari va xo’jalik kitoblarini vaqtincha yoki muddatidan oldin davlat arxivlari saqloviga qabul qilish |
37. |
O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga kiritilmagan vaqtincha saqlanadigan hujjatlarini, tugatilayotgan tashkilotlar hujjatlarini arxivlarga saqlovga qabul qilish |
38. |
Hujjatlarni (yig’majildlar ro’yxatlari, yig’majildlar nomenklaturasi, hujjatlar ro’yxatlari va boshqalar) elektron shaklda yozib chiqish |
39. |
Elektron shaklda yozilgan hujjatlarni asli bilan solishtirib chiqish |
II. Tashkilotlar ish yuritishida hujjatlarni tashkil etish bo’yicha ichki me’yoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularning hujjatlar bilan ishlash bo’yicha faoliyatini o’rganish |
|
40. |
Davlat saqloviga topshirilishi lozim bo’lgan hujjatlarning ro’yxatini tayyorlash |
41. |
Davlat saqloviga topshirilishi lozim bo’lgan ilmiy-texnikaviy hujjatlar, loyihalar, muammolar (mavzu) ro’yxatini tayyorlash |
42. |
Sohaviy va tarmoq ro’yxatlarini tuzish |
43. |
Namunaviy, taxminiy va alohida yig’majildlar nomenklaturasini tayyorlash |
44. |
Tashkilotning ish yuritish va arxiv ishini hamda idoraviy arxivni yalpi o’rganish |
45. |
Tashkilotlardagi arxiv ishi va ish yuritishni tashkil etish bo’yicha konsalting xizmati ko’rsatish |
46. |
Tanlangan mavzu bo’yicha idoraviy arxiv faoliyatining ayrim yo’nalishlari va tashkilotning ish yuritish xizmatini o’rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan tashkilotga tavsiyalar, maslahatlar berish |
47. |
Tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining idoraviy saqlovini tashkil etilishi to’g’risida statistik hisobotlarni tuzish |
48. |
Tashkilotning idoraviy arxivi va ekspert komissiyasi to’g’risida nizomlarni ishlab chiqish |
49. |
Ish yuritish bo’yicha yo’riqnoma ishlab chiqish |
50. |
Arxiv ishi va ish yuritish xodimlarining malaka oshirish masalalari bo’yicha o’quv-darslari (seminar, trening) o’tkazish |
III. Hujjatlardan foydalanish |
|
51. |
SHartnoma asosida amalga oshiriladigan arxiv ishi va xizmatlarini bajarish jarayonida arxiv saqlovxonasidan yig’majildlar, ro’yxatlar, mikrofilmlar, kino, foto, fono hujjatlarni olib berish |
52. |
Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) bo’yicha mavzuli so’rovlarni bajarish, shu jumladan kino, foto, fono hujjatlar asosida ma’lumotnomalar tayyorlash |
53. |
Turar joylar, tashkilotlar tarixi bo’yicha tarixiy ma’lumotnomalar tayyorlash |
54. |
Mulkiy huquqlar, evakuatsiya, nasl-nasablarni aniqlash (tasdiqlash) bo’yicha so’rovlarni arxiv ma’lumotnomasi berish orqali ijro etish |
55. |
10 yildan ortiq davr uchun ish haqini tasdiqlash to’g’risida arxiv ma’lumotnomasini berish (10 yilgacha bepul) |
56. |
Hujjatlarni mavzuli tanlab olish va to’liq tayyorlab berish |
57. |
Kino, foto, fono hujjatlar bo’yicha axborot mazmunidagi (yozma ko’rinishda) ma’lumotnoma berish |
58. |
Radioteleko’rsatuvlar, ko’rgazmalar tayyorlash |
59. |
Talab asosida mavzuli fotoalbomlar va videotasvirlar tayyorlash |
60. |
Davlat arxivida ekskursiya o’tkazish |
61. |
Hujjatlarni mavzuli aniqlash, shu jumladan davriy nashrlar, kino, foto, fono hujjatlar asosida |
62. |
Foydalanuvchilarga montaj varaqlarini o’quv zalida ko’rib chiqish uchun berish va qabul qilib olish |
63. |
Kinohujjatlarning kinozalda namoyishini tashkil etish |
64. |
Fonohujjatlarni maxsus uskunada eshittirish |
65. |
Turli negativlardagi plyonka va oyna, kinoplyonkalardan ularning foto nusxalarini ko’chirib tayyorlash |
66. |
Hujjatlardan nusxa tayyorlash |
67. |
Talab asosida ma’lumotlarni ko’rsatilgan manzilgacha yetkazib berish |
VI. Hujjatlar va kitoblarni ta’mirlash, tikish, muqovalash va ularga qayta ishlov berish ishlari |
|
68. |
Hujjatlarni, shu jumladan kino, foto, fono hujjatlarni ta’mirlash |
69. |
Fothujjatlarga konservatsion-profilaktik ishlov berish |
70. |
Fungitsid bilan kinohujjatlarga ishlov berish |
71. |
Yig’majildlar va kitoblarni muqovalash |
72. |
Yig’majildlarni tikishga tayyorlash va tikish |
73. |
Quti, papka, konvertlar tayyorlash |
V. Alohida xususiyatga ega boshqa xizmatlar |
|
74. |
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qo’lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) |
75. |
Raqamlashtirilgan (elektron nusxasi olingan) hujjatlarning elektron bazasini yaratish |
76. |
Hujjatlarni mikrofilmlash |
77. |
Hujjatlarning sug’urta nusxalarini tayyorlash |
78. |
Matni so’nib borayotgan hujjatlarga ishlov berish |
79. |
Matni so’nib borayotgan hujjatlardagi axborotlarni tiklash |
80. |
Jismoniy asosi tiklab bo’lmaydigan darajada shikastlangan hujjatlardagi axborotlarni tiklash |
81. |
Fuqarolarning ismi, otasining ismi va familiyasiga tavsif tayyorlash |
82. |
SHajaraviy ma’lumotlar to’plab berish |
83. |
Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi matnlarni tarjima qilib berish |
84. |
Arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo’yicha annotatsiya ma’lumotlarini tayyorlab berish |
85. |
Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid qisqa muddatli (40 soatgacha hajmda) o’quv kurslari tashkil etish |
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.