/ / / / Navbahor tumani shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxivi

Navbahor tumani shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxivi

Navbahor tumani shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxiviKalanov Haqiqat Murtazayevich - Navbahor tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi direktori.

 

Manzili: O’zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Navbahor tumani, Indeksi: 210200

Bog’lanish:

Tel: 79 562 18 79

Fuqarolarni qabul qilish kuni: Seshanba soat 8:00 dan 17:00 gacha

 

Arxivga yuklatilgan asosiy vazifalar:

 

- Navbahor tumani hududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

- Tegishli davlat, idoraviy, birlashgan idoraviy va idoralararo arxivlarda, shuningdek korxona, tashkilot, xo’jalik sub’ektlari, jumladan fermer xo’jaliklarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida qonunchilikka rioya etilishini amalga oshirish va ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

- Tegishli davlat arxivida saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, saqlovini ta’minlash, davlat hisobini olib borish va foydalanish;

- Tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish ahvolini tahlil qilish, ularning rivojlanish tendensiyalarini va qonuniyligini o’rganish;

- Tegishli arxiv muassasalari, jumladan idoraviy, birlashgan idoraviy va idoralararo arxivlar ish amaliyotiga ilmiy-texnika va ilmiy tadqiqotlar natijalarini joriy etish, arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya masalalari bo’yicha tizimdigi davlat arxivlarida metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;

- Navbahor tumani hududidagi davlat arxiv muassasalari va tashkilotlarida shuningdek, arxiv muassasalari tarmog’ida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish va kelgusida rivojlantirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish;

- Arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va chet el ilg’or ish tajribalarini o’rganish va tadbiq etish;

- O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga ta’lluqli informatsion resurslarni saqlashni ta’minlash, elektron arxivlarning faoliyat yuritishini va tashkil etilishini muvofiqlashtirish.

 

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!