9-iyun "Xalqaro arxivlar kuni” arafasida Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi yangibinosi foydalanishga topshirildi. Tadbirni "O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Mirtalibovich Yusupov ochib berdi.
Tadbir davomida Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari Ya.Dushanov va Navoiy davlat pedogogika instituti prorektori X.Qurbonovlar so‘zga chiqib soha xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng arxiv xodimlari "O‘zarxiv” agentligi va viloyat hokimligi "Faxriy yorlig‘i” va "Tashakkurnoma”lari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Ma’lumot uchun: Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi o‘z faoliyatini 1994 yildanNavoiy shahar xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivi sifatida boshlab, o‘tgan davrmobaynida Navoiy shahridagi 239 ta tashkilotning 51400 saqlov birligidagi hujjatlari saqlanmoqda.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.