celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / NAVRO’Z SHUKUHI!

NAVRO’Z SHUKUHI!

NAVRO’Z SHUKUHI!Fasllar kelinchagi bo’lmish bahor faslining ziynatini o’zida mujassam etgan, zahmatkash bobodehqonlarimizu, mirishkor chorvadorlarimizning shu bilan birga mehmondo’st va qalbidaryo xalqimizning eng e’zozli, asriy qadriyatlarni o’zida jam etgan ezgulik va saxovat, go’zallik va nafosat bayrami bo’lmish – NAVRO’ZI OLAM shukuhi mamlakatimizda barq urib kezayotgan kunlarda yurtimiz bo’ylab bayram tadbirlari nishonlanmoqda. SHu qatorida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida ham ushbu ulug’ ayyomni ko’tarinki ruhda nishonlash maqsadida bugun tongda viloyat davlat arxivi binosida qur’on tilovat qilinib, kechasi bilan tayyorlangan xalqimizning milliy taomlarida hisoblangan Halim taomi tadbir ishtirokchilariga tortiq etildi.

SHuningdek, tadbirda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi yoshlar ittifoqi yetakchisi va yosh xodimlar ishtirokida milliy urf-odatlarimiz aks etgan milliy raqslar, kelinsalom, aytishuv kabi sahna ko’rinishlari davraga ko’tarinki ruh bag’ishladi. Milliy hunarmandchilik, kashtachilik namunalari hamda milliy taomlar ko’rgazmasi tashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!