/ / Axborot xizmati

Axborot xizmati

Matbuot xizmati milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida mamlakatda izchil amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar hamda respublika arxiv faoliyatining dolzarb jihatlarini yoritib, jamoatchilikka arxiv sohasiga tegishli axborotlar taqdim etib boradi.

Matbuot xizmati tomonidan barcha ommaviy axborot vositalarining vakillari uchun axborot ochiqligi ta’minlanib, "Xizmatda foydalanish uchun” va "Maxfiy” grifi bo‘lgan ma’lumotlardan tashqari, so‘ralgan axborotning barcha turlarini etkazib berish yo‘lga qo‘yilgan.

Matbuot xizmati rahbari: Boykobilov Asliddin Kuvatullayevich.

Telefon: 79 210 01 63

Elektron manzil: navarxiv@umail.uz

Ommaviy axborot vositalari vakillarining Boshqarmaga murojaat etish tartibi

Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari!

Ommaviy axborot vositalarida arxiv sohasi faoliyatini yoritmoqchi bo‘lsangiz Boshqarma Matbuot xizmatiga murojaat etishingiz va ularning yordamiga tayanishingiz mumkin:

1. Yozma ravishdagi so‘rovlarni quyidagi manzilga: 210100 Navoiy shahri. M.Tarobiy ko’chasi 107а-uyga  (so‘rovlar mas’ul rahbar, bosh muharrir imzosi bilan rasmiy blankda) yuboring. 

2. Elektron tarzdagi murojaatlarni navoiy@archive.uz manziliga yuboring. 

3. Biz bilan telefon 79 210 01 63 orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Barcha so‘rovlar o‘z ichiga quyidagilarni olgan bo‘lishi shart:

- materialning asosiy mavzusi formulirovkasi; 
- savollar ro‘yxati; 
- materialni e’lon qilish yoki efirga uzatish sanasi; 
- tahririyat va muxbir haqida ma’lumot (xizmat va qo‘l telefonlari, elektron manzil).

Javoblar O‘zbekiston Respublikasining "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” va "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ravishda taqdim etiladi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!