/ / / Navoiy viloyati arhiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig'i

Navoiy viloyati arhiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig'i

Bekova Sayyora Saidovna - Navoiy viloyati arhiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig'i.


Bog'lanish:
Tel.: (0436) 226-1018
Faks: (0436) 226-1019
E-mail: navoiy@archive.uz 

Fuqarolarni qabul qilish kuni:
Seshanba soat 10:00 dan 12:00 gacha
Tarjimaiy holi va majburiyatlari

Bekova Sayyora Saidovna

 

1968 yil 17 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tavallud topgan.

          1986 yilda Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika instituti Navoiy filialini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Mutaxassisligi milliy maktablarda rus tili va adabiyoti o’qituvchisi.

            Mehnat faoliyatini 1991 yilda Navoiy shahar 17-sonli  o’rta ta’lim maktabida o’qituvchilikdan boshlagan.          

          1993 yildan 2004 yilgacha Navoiy viloyati hokimligida referent, yetakchi mutaxassis, bosh mutaxassis vazifalarida ishlagan.    

           2004 yil 23 iyundan buyon Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i vazifasida ishlab kelmoqda

 

 

 

Vazifa va funksiyalari

 

Navoiy viloyati hududida arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

tegishli davlat, idoraviy, birlashgan  idoraviy va idoralararo arxivlarda, shuningdek korxona, tashkilot, xo’jalik sub’ektlari, jumladan fermer xo’jaliklarida arxiv ishi va ish yuritish sohasida qonunchilikka rioya etilishini amalga oshirishni va ta’sirchan nazoratni ta’minlash;

tegishli davlat arxiv iva uning filiallarida saqlanayotgan O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini shakllantirish, saqlovini ta’minlash, davlat hisobini olib  borish va foydalanish;

tashkilotlarda arxiv ishi va ish yuritish ahvolini tahlil qilish, ularning rivojlanish tendensiyalarini va qonuniyligini o’rganish;

tegishli arxiv muassasalari, jumladan idoraviy, birlashgan idoraviy va idoralararo arxivlar ish amaliyotiga ilmiy-texnika va ilmiy tadqiqotlar natijalarini joriy etish, arxivshunoslik, hujjatshunoslik va arxeografiya masalalari bo’yicha tizimdigi davlat arxivlarida metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;

tegishli davlat arxivi va uning filiallari faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish, ularning sifatli va samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlash.

Navoiy viloyati hududidagi davlat arxiv muassasalari va tashkilotlarida shuningdek, arxiv muassasalari tarmog’ida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish va kelgusida rivojlantirish bo’yicha takliflarni ishlab chiqish;

arxiv ishi va ish yuritish sohasida mamlakatimiz va chet el ilg’or ish tajribalarini o’rganish va tadbiq etish.

O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondiga ta’luqli informatsion resurslarni saqlashni ta’minlash, elektron arxivlarni faoliyat yuritishini va tashkil etilishini muvofiqlashtirish  va boshqarish.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!