G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun
Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yurtimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida milliy qadriyatlarni qayta tiklash va boyitish, jahon tamadduniga beqiyos hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish hamda ularning boy ilmiy merosini o’rganish va ommalashtirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ajdodlarimiz orasida atoqli o’zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy alohida o’rin tutadi. Ana shunday xayirli ishni O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov davomchisi O’zbekiston Respublikasining hozirgi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev ham davom ettirgan holda buyuk mutafakkir Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hazratlari xotirasiga bag’ishlab Reshublikamiz bo’ylab keng miqiyosda katta tadbirlar sababchisi bo’lmoqda.
Shoirning qariyb 30 ta to’plamdan iborat she'rlar va dostonlar, ilmiy va falsafiy asarlarni o’z ichiga olgan buyuk ajdodimizning bugungi kunga qadar yetib kelgan bebaho adabiy merosi ko’pqirrali bo’lishi bilan birga XV asr oxiridagi Markaziy Osiyo xalqlarining ma'naviy hayotini to’liq ifodalab beradi. Mustaqillik yillarida uning barcha asarlari to’laligicha 20 jildda chop etildi.
Mamlakatimizda o’zbek xalqining ushbu buyuk o’g’loni xotirasiga katta hurmat va ehtirom ko’rsatiladi. O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Davlat Akademik opera va balet katta teatri, Fanlar akademiyasi qoshidagi Til va adabiyot insitituti, Adabiyot muzeyi, metro bekati, ko’cha, mahalla va xiyobonlarga, shuningdek yurtimizning yetakchi sanoat markazi joylashgan viloyatimizga sheriyat mulkining sultoni hisoblangan ulug bobomizning tabarruk nomi berilgan.
Shu kunlarda tavalludining 576 yilligi keng nishonlanayotgan buyuk shoirning xizmatlari nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda ham munosib darajada e'zozlanadi. Shu munosabat bilan viloyatimiz markazida tashkil etilgan Alisher Navoiy xiyobonida 9 fevral kuni shoir xotirasiga ehtirom sifatida uning haykali poyiga gulchambarlar qo’yish marosimi tashkil etilib, viloyat tashkilotlari qatorida viloyat arxivchlari ham ishtirok etdi. Marosimdan so’ng viloyatimiz markazidagi Farhod madaniyat saroyida hazrat Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan Navoiyxonlik kechasi bo’lib o’tdi. Unda duyuk mutafakkir bobokolonimizning milliy davlatchiligimiz tarixidagi amalga oshirgan ibratli hayoti va ijodining ahamiyati kecha ishtirokchilariga sahna ko’rinishlari orqali etkazildi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.