celebration
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni
/ / / Аrxiv sohasida hamkorlik.

Аrxiv sohasida hamkorlik.

Аrxiv sohasida hamkorlik.Аrxiv sohasida hamkorlik.
2019 yil 30 may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani maishiy xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji binosida Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan "O’zarxiv” agentligi Hay'atining 2019 yil 3 maydagi kengaytirilgan sayyor yig’ilishi 1-son Bayonnomasining 23-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyati davlat arxivlari xodimlari ishtirokida "Аrxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini teshirish” ishlarini olib borish masalasiga bag’ishlangan amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi barcha arxiv muasassalari rahbar va xodimlari hamda Respublika Markaziy davlat arxivlari mas'ul xodimlari ishtirokida mavzuga bag’ishlangan o’quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi.Аrxiv sohasida hamkorlik.
O’quv-amaliy seminarda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i S.Bekova "Аrxiv hujjatlarining mavjudligi va holatini tekshirish”, "Аrxiv hujjatlarini hisobini olib borish, Fondlashtirish va qayta fondlashtirish” mavzularida ma'ruza qildi. Shuningdek, Navoiy viloyati davlat arxivi direktori Sh.Xoliqulov o’z amaliy tajribasidan kelib chiqib, ishtirokchilarga arxivda hisob hujjatlarini yuritish, fondlashtirish va qayta fondlashtirish bilan bog’liq mavzuda o’z tajribasi bilan o’rtoqlashdi.
Shundan so’ng, tinglovchilar ishtirokida amaliy mashg’ulotlar o’tkazilib, hisob hujjatlariga o’zgartirish kiritish ishlari amalda bajarildi.Аrxiv sohasida hamkorlik.

Аrxiv sohasida hamkorlik.
Аrxiv sohasida hamkorlik.
Аrxiv sohasida hamkorlik.
Аrxiv sohasida hamkorlik.
Аrxiv sohasida hamkorlik.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!