Bosh sahifa > Majlis, uchrashuv, seminarlar > Seminar!

Seminar!


26-03-2019, 11:44. Muallif: info

Seminar!O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 28 fevraldagi 09/1-2388-son topshirig’iga asosan joriy yil 26 mart kuni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimligining katta majlislar zalida Vazirlar Mahkamasining ishchi guruhi ishtirokidaO’zbekiston

Respublikasi Oliy Majlis palatalari, O’zbekistonRespublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Hukumat hujjatlari va topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish va bu borada ijro intizomini yanada mustahkamlash maqsadida ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash, me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, topshiriqlar bajarilishida nazoratni tizimli yo’lga qo’yish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalarida o’quv-amaliy seminar bo’lib o’tdi.

Seminarda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i S.Bekova o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etib, bugungi kunda arxiv sohasida olib borilayotgan islohatlar hamda viloyatning korxona va tashkilotlarida sohani rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan vazifalari xususida ma’ruza qildi.Seminar!


Ortga qaytish