Karmana tumani davlat arxivida "Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta'minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga hujjatlarni kiritish yuzasidan o'quv amaliy seminari bo'lib o'tdi.
Seminarda davlat arxivlari direktorlari hamda raqamlashtirishga mas'ul xodimlar ishtirok etdi. Shuningdek, xodimlar o'zaro tajriba almashishdi.
Ma’lumot uchun: Raqamlashtirish ishlari boshlangandan buyon, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi davlat arxivlari tomonidan umumiy hisobda 19399 ta s.b.dagi 567785 ta kadr raqamlashtirilgan.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.