Tilga e'tibor.

2020 yil 14 oktyabr kuni Navoiy viloyati davlat arxivi binosida Navoiy Davlat pedagogika instituti O’zbek tili va adabiyoti fakulteti hamda Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi, viloyat, Karmana tumani, Navoiy shahar shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari xodimlari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi. 
Tadbirda Navoiy davlat pedagogika institutining katta o’qituvchisi Boymanov Elyor G’iyosovich va Yo’ldoshov Jo’rabek O’rolovich tomonidan o’zbek tilining rivojlanish tarixi, o’rganilish bosqichlari yuzasidan ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustdagi 339-son qarori asosida asosiy imlo qoidalari haqida ishtirokchilarga tushunchalar berib o’tdi. 
Tadbir ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarini oldilar hamda mutaxassislar tomonidan kelgusida tashkilotlar bilan o’tkaziladigan shu kabi tadbirlarda me’yoriy hujjatlar, ish yuritish jarayonida shakllanadigan boshqaruv hujjatlari doimiy saqlanishini inobatga olib, hujjatlarni shakllantirishda «O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ga rioya qilishlarini alohida ta’kidlab o’tishlarini taklif qildilar. 

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!