/ / / "O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI NAVOIYLIK YOSHLAR BILAN "OCHIQ MULOQOT" TADBIRIDA.

"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI NAVOIYLIK YOSHLAR BILAN "OCHIQ MULOQOT" TADBIRIDA.

Joriy yil 15 dekabr kuni Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Navoiy shahridagi «Yoshlar saroyi»da viloyati arxivchi yoshlari bilan uchrashdi.

"Ochiq muloqot" tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda tizimda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati, yosh kadlarni malakasini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir masalalar va muammolar muhokama qilindi.

Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga U.Yusupov tomonidan batafsil javob oldilar.

Birinchi rahbar bilan uchrashuv viloyat yoshlariga ko‘tarinki ruh bag‘ishlab, yoshlarga bo‘lgan munosabat, ularni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, respublika oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli o‘qish imkoniyati yaratilganligidan, ularga bo‘lgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirib o‘tdilar.

Tadbir so’ngida «O‘zarxiv» agentligi direktori tomonidan yoshlarga kitoblar taqdim etildi.





Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!