/ / / my.archive.uz sayti orqali arxiv xizmatlarini ko’rsatilishi

my.archive.uz sayti orqali arxiv xizmatlarini ko’rsatilishi



2020 yil 29 avgust kuni Navoiy viloyati davlat arxivi binosida "O’zarxiv" agentligi Axborot texnologiyalari bo’limi boshlig’i A.Turapov tomonidan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalari rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida o’quv amaliy seminari bo’lib o’tdi.

Seminar ishtirokchilariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 avgustdagi 495-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

SHu bilan birga my.archive.uz sayti orqali arxiv xizmatlarini ko’rsatilishi yuzasidan mutaxassis tomonidan mas’ul xodimlarga bevosita ma’lumotlar berildi. Seminar ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va tizim yuzasidan o’z takliflarini bildirdilar.

Kunning ikkinchi yarmida mutaxassis tomonidan elektron hujjat almashish tizimida ish yuritish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

«O’zarxiv» agentligi Axborot xizmati.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!