2020 yil 18 iyun kuni "O’zarxiv” agentligi rahbariyatining
tizimdagi yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar” mavzusida "Zoom Video” dasturi orqali
karantin qoidalariga amal qilgan holda onlayn ochiq muloqot o’tkazildi. Ochiq muloqotda
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalari
yosh xodimlari joylardan ishtirok etib, o’zlarini qiziqtirayotgan savollariga javob
oldilar hamda kelgusida arxiv sohasini rivojlantirish yuzasidan o’z takliflarini
bildirdilar. Tadbirda kelgusida shu kabi uchrashuvlarni o’tkazishga kelishib olindi.
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi axborot xizmati.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.