2019 yil 9 avgust kuni Nurota tumani davlat arxivi binosida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining sayyor Direktsiya yig’ilishi bo’lib o’tdi. Direktsiya yig’ilishida I yarim yillik yakunlari bo’yicha asosiy ko’rsatkichlarning bajarilishi, murojaatlar bilan ishlash, ijro intizomi, axborot xavfsizligi va korruptsiyaga qarshi kurashish kabi masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tuman
davlat arxivida amaliy seminar tashkil etilib, unda davlat arxivining
hujjatlari ko’rgazmasi, hujjatlar saqlovini ta'minlash yuzasidan qilinayotgan
innovatsiyalar hamda arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlarini
jadallashtirish maqsadida xarid qilingan zamonaviy skaner qurilmasi va
kitoblarni tez va sifatli tikish qurilmalari ishtirokchilarga namoyish etildi.
Shundan so’ng barcha ishtirokchilar Qurbon hayit
arafasida Chashma ziyoratgohini ziyorat qidilar.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.