Bosh sahifa > Ommaviy tadbirlar > Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosi – beqiyos ma’naviy xazinadir!

Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosi – beqiyos ma’naviy xazinadir!


9-02-2023, 11:36. Muallif: info
Navoiy viloyati davlat arxivida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bag‘ishlangan badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi  boshlig‘i S.Bekova mutafakkirlarimizning mashhur misralari bilan ochib berdi. Badiiy kechada Navoiy davlat pedagogika instituning bir guruh ustozlari tarix fakulteti dotsenti M.Munavvarova, dotsent A.Aminova va dotsent Sh.Xoliqulova ishtirok etib o‘zbek xalqining buyuk namoyondalarining dunyo tamadduniga qo‘shgan hissalari hususida ma’ruza qildilar.
Shuningdek, tadbirda "Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan    hazrat Navoiy,  Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodini o‘rganishda olimalarimizning o‘rni alohida ahamiyatga egaligi ta’kidlab o‘tildi. Hamda tadbir davomida arxiv xodimlari tomonidan allomalarimiz ijodiga mansub g‘azal, ruboiylaridan lavhalar va badiiy chiqishlar namoyish etildi.




Ortga qaytish