Bosh sahifa > Ommaviy tadbirlar > Matbuot anjumani

Matbuot anjumani


10-02-2022, 10:38. Muallif: info
Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining "Inson  qadri  uchun”  tamoyili  asosida  davlat  arxivlarida 2021  yil davomida amalga  oshirilgan islohotlar  va 2022  yildagi  ustuvor  vazifalar  yuzasidan  matbuot  anjumani bo'lib o'tdi. 

Tadbir doirasida viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi va viloyat teleradiokompaniyasi o‘rtasida arxiv hujjatlari asosida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlash yuzasidan kelishuv memorandumi imzolandi. 

Tadbirda OAV vakillarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

2021 yil davomida viloyatdagi arxivlar faoliyatini OAVda targ‘ib qilishda yaqindan yordam qilgan jurnalist, muxbir va blogerlar Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.



Ortga qaytish