ARXIV MALIKALARI

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan "O‘zarxiv” agentligi tizimidagi arxiv muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida "ARXIV MALIKALARI” respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlov yakunlariga ko‘ra:

1-o‘rin Navoiy viloyati — Karimova Dilfuza Axadovna
2-o‘rin Xorazm viloyati — Djumaniyozova Oʻgʻiljon Ilxomovna 
2-o‘rin Farg'ona viloyati — Xolmatova Nozima Toirjon qizi
3-o‘rin Namangan viloyati — Xusanova Muqaddam Xasanboy qizi

Shuningdek, boshqa ishtirokchilar ham turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilib, "O‘zarxiv” agentligi tomonidan "Tashakkurnoma”, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Tadbirga tashrif buyurgan hamda tizimdagi arxiv muasasalarida rahbarlik lavozimida faoliyat olib borayotgan ayol xodimalarga ham bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.


Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!