/ / / Mahallabay” ishlash tizimida aholining muammolari yechim topmoqda

Mahallabay” ishlash tizimida aholining muammolari yechim topmoqda

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha tizim – mahallabay va fuqarobay asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimini topish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

"Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan "Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2022-yilning I yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Bekovaning Navbahor tumanida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabul "Mahallabay” ishlash tizimida tumandagi "Beshrabot” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholining muammolarini o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

Muammolariga yechim izlab kelgan mahalla aholisi va tuman tashkilotlarining yuridik shaxslarining murojaatlari o‘rganilib chiqildi, ularga arxiv ishi va ish yuritish sohasida yuridik maslahatlar berildi.



Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!