/ / / 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni









27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Navoiy shahridagi coworking markazida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi va O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi  bilan hamkorlikda respublika va viloyat OAV xodimlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Tadbirda OAV xodimlariga 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan hamda davlat arxivlari faoliyatini yoritish, tizimdagi amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti, arxiv sohasini ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishdagi xizmatlari uchun "O‘zarxiv" agentligi direktori "Tashаkkurnomasi" va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!