Navoiy viloyati hokimligi xotin-qizlar qo’mitasi tashabbusi bilan viloyat korxona, tashkilot va muassasalari ayol rahbarlari tomonidan Xatirchi tumanining eng olis hududi hisoblangan "Oltinsoy” mahalla fuqarolar yig’inining "Angidon” qishlog’ida 2019 yil 30 aprel kuni "Ma’rifat karvoni” aksiyasi tashkil etildi. Tadbirda Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i S.Bekova ham faol ishtirok etib, tumandagi 49,71,80-son umumiy ta’lim maktablari kutubxonalariga yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish maqsadida badiiy adabiyotlar ulashdi.
SHuningdek, tadbir davomida nogironligi bo’lgan fuqarolarga reabilitatsiya vositalari tarqatilib, xotin-qizlar tibbiy ko’rikdan o’tkazildi va maslahatlar berildi. Ajrim arafasida turgan oilalar muammolari o’rganilib yarashtirish choralari ko’rildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga muruvvat yordamlari tarqatildi. Tadbir so’ngida qishloq aholisiga konsert dasturi namoyish etildi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.