"Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid”.
2018 yil 10 avgust kuni Navoiy viloyati davlat arxivi binosida "O’zarxiv” agentligining 2018 yil 25 iyuldagi 14-AF-son farmoyishi ijrosi yuzasidan "Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi raisi, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i S.Bekova olib bordi. Tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, Navoiy shahar prokuraturasi katta tergovchisi B.B.Bahromov, Navoiy viloyati IIB korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi xodimi E.B.YAxyoev, Navoiy viloyati IIB boshlig’ining yordamchisi, matbuot kotibi O’.Z.Usmonov va Navoiy viloyati davlat arxivi direktori SH.B.Xoliqulovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, tadbir ishtirokchilariga korrupsiya illatlarini oldini olish yuzasidan tushunchalar berildi va mavzuga oid videoroliklar namoyish eildi. Tadbirni yoritishda OAV hamda televideniye jalb etildi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.