Bosh sahifa > Yangiliklar > Navoiy viloyati arxivi ishi hududiy boshqarmasi tizimida ikki avlod uchrushuvi yoki ustoz shogird an’anasi amalda

Navoiy viloyati arxivi ishi hududiy boshqarmasi tizimida ikki avlod uchrushuvi yoki ustoz shogird an’anasi amalda


27-05-2021, 10:23. Muallif: info
Navoiy viloyati arxivi ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Qiziltepa tumani davlat arxivi faoliyati va ushbu muassasada bugungi kunda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish bilan bir qatorda kelgusida bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklar yuzasidan tuman davlat arxivi direktoriga tegishli tavsiyalar berdilar.
Shundan so‘ng,  Navoiy viloyati arxivi ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i, soha faxriylari va Qiziltepa tumani davlat arxivi yoshlarining o‘zaro uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Qiziltepa tumani davlat arxivining shakllanishida o‘zining munosib hissalarini qo‘shgan soha faxriysi S.Umarov taklif etilib, ustoz ishlagan davrdagi sohaga bo‘lgan e’tiborsizliklar, soha vakillariga past nazar bilan qarash, hatto arxiv binosi yo‘qligi kabi qiyinchiliklar hususida kuyinib gapirdilar. Ustoz so‘zining so‘ngida keyingi yillarda sohaga bo‘lgan e’tibor kuchayib, arxiv sohasida ham katta islohotlar olib borilayotganligiga to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv o‘zaro samimiy suhbat asosida tashkil etilib, kelajakda tuman davlat arxivi faoliyatini yanada jadallashtirish borasidagi taklif mulohazalarga boy tarzda o‘tkazildi.  
Uchrashuv so‘ngida faxriy xodimlar va yoshlar davlat arxivi binosining oldida esdalik uchun suratga tushishdilar.

Ortga qaytish