Bosh sahifa > Yangiliklar > Xotira – ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi.

Xotira – ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi.


6-05-2017, 18:39. Muallif: info

Xotira – ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi.
Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug` deganlaridek, Prezidentimiz tomonidan istiqlolning ilk yillaridan el-yurtimiz taqdiriga daxldor tarixiy adolatni tiklash, ajdodlarimizning ezgu ishlari, jasoratini ulug`lash va abadiylashtirish, mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilayotgan e’tibor xalqimizning ana shunday o`lmas qadriyatlari, bebaxo ma’naviy fazilatlarini namoyon etib kelmoqda.

         Xotira – ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi. Ikkinchi jaxon urushida jasorat ko`rsatgan, olovli maydonlarda o`z yurtining tinchligi va ozodligi, oilasi, farzandlarining xotirjamligi uchun kurashgan insonlar mudom xalqimiz ardog`ida beayov janglarda jon fido qilgan bobolarimiz xotirasi qalblarimizda abadiy yashaydi. Bugun oramizda yashayotgan 5 ming 400 nafardan ziyod Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga davlatimiz tomonidan xar tomonlama e’tibor va g`amxo`rlik ko`rsatilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 18-aprelda qabul qilingan “Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi farmoni mamlakatimizda Ikkinchi jaxon urushi qatnashchilariga ko`rsatilayotgan extiromning yana bir yorqin ifodasidir. Mazkur farmonga muvofiq barcha shaxar va tumanlarda, qishloq va maxallalarda urush qatnashchilari va nogironlariga pul mukofotlari topshirilmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar qatorida  Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida ham qator tadbirlar, uchrashuvlar amalga oshirib kelinmoqda.  Jumladan, joriy yilning 6 may kuni II-jaxon urushi qatnashchisi Ismoilov Ibrohim bobo  bilan uchrashuv o`tkazildi.  Uchrashuvda ishtirok etgan Ibrohim boboning 1941-1945 yillarda dushman bilan yakkama – yakka janglarda bo`lib, tinchlik va farovonlik uchun kurashgan onlari to`g`risida so`zlab berdi.

         Xotira – ajdodlarga yuksak xurmat va extirom ifodasi.   II-jaxon urushi faxriylari va yosh avlodlarning uchrashuvlarida sovuq urush keltirib chiqargan oqibatlarni yod olib, bugungi osoyishta hayotimiz va musaffo osmonimizni, bebaho ne’mat hisoblangan tinchligimizni qadriga yetishimiz hamda kelajakda poydevori mustahkam vatanning munosib farzandlari bo’lib yetishishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.


Ortga qaytish