Bosh sahifa > Yangiliklar > Respublika arxivchilari seminari o’tkazildi

Respublika arxivchilari seminari o’tkazildi


3-05-2017, 14:31. Muallif: info

Buxoro viloyatida 2017 yil 29 aprel kuni “Shaxsiy tarkib hujjatlari ro’yxatlarini takomillashtirish va ularni raqamlashtirish masalalari” mavzusida Respublika arxivchilari seminari o’tkazildi.

Buxoro viloyatida “O’zarxiv” agentligining  2017 yil 1-yarim yillik asosiy ish rejasiga muvofiq, Agentlik tomonidan 2017 yil 29 aprel kuni “SHaxsiy tarkib hujjatlari ro’yxatlarini takomillashtirish va ularni raqamlashtirish masalalari” mavzusida Respublika arxivchilari  seminari o’tkazildi.

Seminar mavzusi bugungi kun talabiga muvofiq bo’lib, 2017 yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da bu yo’nalishda fuqarolarga ko’rsatiladigan arxiv xizmati sifatini yanada oshirish, ularga yanada qulaylik yaratish, fuqarolarning ortiqcha vaqt sarflashlarini oldini olish maqsadida tashkil qilingan.

Seminar qizg’in munozaralar tarzida o’tib, Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan arxiv muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlar seminarda mavzuga oid zarur ma’lumotlar va ko’rsatmalarni olishdi.

Respublika arxivchilari seminari o’tkazildi


Ortga qaytish