Bosh sahifa > Yangiliklar > Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida bayram shukuhi

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida bayram shukuhi


25-03-2016, 17:50. Muallif: info

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida bayram shukuhi

 

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida bayram shukuhi8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami   ko’taranki kayfiyatda o’tkazildi

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida arxiv muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni huquqiy va shaxsiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy ongini hamda sohaga oid bilimlarini oshirish hamda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayramini ko’taranki kayfiyatda o’tkazish maqsadida joriy yilning 14 mart kuni arxiv muassasalari o’rtasida “Balli qizlar” bellashuvi o’tkazildi. Tadbir natijasiga ko’ra g’olib chiqqan arxiv muassasalari xodimalariga diplomlar va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida bayram shukuhiNavoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida Navro’z bayrami ko’tarinki ruhda nishonlandi.

Navro’z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos bo’lgan o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada ko’chaytirish hamda “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida  joriy yilning 18 mart kuni Arxiv ish hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari o’rtasida erkaklar uchun stol tennisi, xotin-qizlar uchun  shaxmat va shashka sport o’yinlari o’tkazildi. O’tkazilgan sport o’yinlari natijalariga ko’ra faxrli 1,2,3-o’rinni egallagan g’olib va g’olibalarga medal, diplom va estalik sovg’alari topshirildi.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasida bayram shukuhi“Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturi vazifalari amalda

Navro’z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish, arxiv muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida boshqarma tizimidagi arxiv muassasalari o’rtasida “Milliy taomlar” bellashuvi o’tkazildi. Bellashuv natijasiga ko’ra faxrli o’rinlarni egallagan arxiv muassasalariga  qimmatbaho sovg’alar topshirildi. “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida arxiv muassasalarining ishlab topilgan mablag’lari hisobidan jami  1 mln. 356 so’m mablag’ sarflandi. 


Ortga qaytish