Bosh sahifa > Yangiliklar > O‘zbekistondagi kitob do‘konlarida eng ko‘p sotilayotgan kitoblar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistondagi kitob do‘konlarida eng ko‘p sotilayotgan kitoblar reytingi e’lon qilindi


10-12-2015, 19:54. Muallif: info

“Yangi asr avlodi” nashriyoti marketologlari tomonidan noyabr oyining eng xaridorbop kitoblari 20 talik reytingi aniqlandi, deb xabar qiladi “Xushnudbek.uz”.

Foto: “Uz.denemetr.com”

Foto: “Uz.denemetr.com”

Unga ko‘ra, O‘zbekiston kitob do‘konlarida eng ko‘p sotilgan kitob “‘Kamolot’ kutubxonasi” ruknida chop etilgan Paulo Koelyo muallifligidagi “Alkimyogar” bo‘ldi. O‘tgan oy davomida 1 046 dona “Alkimyogar” asari kitobxonlar tomonidan xarid qilingan. Ikkinchi o‘rinda Abdulla Qahhorning “Muhabbat” asari, uchinchi o‘rinda esa Deyl Karnegining to‘plamlari o‘rin olgan.

Shuningdek, Xudoyberdi To‘xtaboyev, Chingiz Aytmatov, Erkin Vohidov, O‘tkir Hoshimov asarlari ham kitob savdosida yetakchilik qilmoqda.

Noyabr oyida eng ko‘p sotilgan kitoblar:

1. P.Koelyo. “Alkimyogar” – 1 046 dona
2. A.Qahhor. “Muhabbat” – 788 dona
3. Deyl Karnegi. “Karnegi to‘plami” – 776 dona
4. M.Brion. “Menkim, sohibqiron Amir Temur” – 755 dona
5. Ch.Aytmatov. “Asrni qaritgan kun” – 678 dona
6. Ch.Aytmatov. “Oq kema” – 662 dona
7. X.To‘xtaboyev. “Sariq devni minib” – 625 dona
8. Ch.Aytmatov. “Qiyomat” – 639 dona
9. J.Rumiy. “Ichindagi ichindadir” – 647 dona
10. E.Vohidov. “Zamin sayyorasi” – 620 dona
11. O‘.Hoshimov. “Bahor qaytmaydi” – 575 dona
12. Ch.Aytmatov. “Jamila” – 568 dona
13. “Nachalnaya matematika” – 560 dona
14. V.Skarup. “Xarobadan chiqqan millioner” – 550 dona
15. T.Malik. “Halol va harom” – 511 dona
16. X.To‘xtaboyev. “Besh bolali yigitcha” – 483 dona
17. Gendelb. “Amir Timur” – 464 dona
18. Sabrina. “Ko‘ngil olish san’ati” – 444 dona
19. X.To‘xtaboyev. “Mungli ko‘zlar” – 430 dona
20. “Tibet tibbiyoti. O‘z o‘zini massaj” – 424 dona


Ortga qaytish