Joriy yil 31 iyulda Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarining 2015 yil I-yarim yilligida
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bag’ishlangan kengytirilgan
Direksiya yig’ilishi o’tkazildi.
Direksiya yig’ilishida Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasining Direksiya a’zolari, viloyat arxiv muassasalari rahbarlari va mas’ul arxiv xodimlari ishtirok etdilar.
Yig’ilishda - Navoiy viloyati arxiv ishi boshqarmasi tizimidagi arxiv muassasalarining 2015 yil I-yarim yilligida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va arxiv muassasalari tomonidan joriy yilda arxiv ishi va ish yuritish sohasini barqaror rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash choralari to’g’risida.
-“O’zarxiv” agentligining 2015 yil I-yarim yilligi yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishida ko’rilgan masalalar to’g’risida”gi;
- Viloyat arxiv muassasalarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida.;
-“Arxiv muassasalarida fondlashtirish ishlarining borishi to’g’risida”gi masalalar yuzasidan berilgan ma’lumotlar va bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamasi asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.
-“Arxiv muassasalarida ijro intizomining ahvoli to’g’risida”gi masalalar yuzasidan berilgan ma’lumotlar va bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamasi asosida tegishli qarorlar qabul qilindi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.