/ / Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Oʻzarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sherzod Sadikov Konimex tumani davlat arxivida boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Oʻzarxiv” agentligi direktori o‘rinbosari Sherzod Sadikov Konimex tumani davlat arxivida boʻldi.



Sh.Sadikov arxiv ish jarayoni bilan tanishib, xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishdi va arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ma'lumot uchun: Konimex tumani davlat arxivi 1982-yilda Navoiy viloyati davlat arxivining Konimex tumani filiali bo‘lib o‘z faoliyatini boshlagan. 2012-yilda davlat arxivi sifatida qayta tashkil etilgan. Arxiv saqlovida jami 227 ta fondda 20 851 saqlov birligida hujjatlar mavjud. 2023-yildan Doimiy ravishda arxiv fondiga viloyat korxona, muassasa va tashkilotlarining idoraviy saqlov muddati o‘tgan arxiv hujjatlarini qabul qilish ishlari olib borilmoqda va arxiv fondi MAF hujjatlari bilan boyitilmoqda.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!