/ / PRESS TUR

PRESS TUR



O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv” agentligi O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Milliy arxiviga Press-tur tashkil etildi.
Tadbirda "O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasiga a’zo markaziy teleradiokanallar xodimlari hamda O‘zbekiston milliy arxivlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Aytish mumkinki, OAVda o‘tmishni xolisona o‘rganish va davlatchilikning rivojlanish bosqichlari haqidagi tasavvur doirasini kengaytirish, haqqoniy tarixni yoritishga xizmat qiluvchi, ilm-ma’rifatni oshiruvchi saviyali mediamahsulotlar tayyorlashga talab oshib bormoqda. Bu esa xalqimizning milliy fitratini shakllantirishda, ilmga havas uyg‘otishga va yuksak intellektga ega avlodni tarbiyalashda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu borada arxivlar, kutubxonalar va muzeylar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim, intellekt va milliy fitratni yuksaltirish esa "Renessans” g‘oyasining poydevoridir.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!