/ / Sayyor qabul

Sayyor qabul

"Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan "Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2021-yilning II yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq, 2021 yil 27 iyul kuni Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Bekovaning Konimex tumani shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Sayyor qabulda Konimex tumani davlat xizmatlari markazi mutaxassisi U.Hamidova va Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi mutaxassisi U.Umirov ishtirok etdi. 
Muammolariga yechim izlab kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari o‘rganilib chiqildi, ularga arxiv ishi va ish yuritish sohasida yuridik maslahatlar berildi hamda murojaatlar hududdagi mutasaddi rahbarlarga yetkazilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!