/ / Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini uydan turib olish mumkin

Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini uydan turib olish mumkin

Hukumat qarori (495-son, 19.08.2020 y) bilan Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga muvofiq, jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari ma’lum tashkilotda ishlagan davridagi ish haqiga oid va ishlaganligi to‘g‘risidagi ish stajiga oid ma’lumotnoma olish uchun  Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) borib ariza topshiradi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi so‘rovnomani o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.
So‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmaganda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma uchun 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma’lumotnoma shakllantiradi hamda DXMga yoki YaIDXPga yuboradi.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
DXMlar va davlat arxivlari o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ma’lumotlarni sir saqlanishini ta’minlaydi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!