9 iyun – "Xalqaro arxivlar kuni” hamda 15 iyun "Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonun qabul
qilingan kun.
Navoiy viloyati davlat arxivi binosida 9 iyun – "Xalqaro
arxivlar kuni” hamda 15 iyun "Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan kuniga
bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir doirasida bir qator soha vakillari
samarali va fidoiy mehnati, tashabbuskorligi, arxiv ishi rivojiga qo’shgan salmoqli
hissasi, ijtimoiy siyosiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Navoiy viloyati arxiv ishi
hududiy boshqarmasi boshlig’ining "Faxriy yorlig’i” hamda "Tashakkurnomasi” bilan
taqdirlandi.
Shuningdek tadbirga mehnat faxriylari
ham taklif etilib, ularga esdalik sovg’alari topshirildi. Ular bugungi kunda arxiv
sohasiga qaratilgan yuksak e’tiborni ta’kidlagan holda, soha vakillarini ushbu kun
bilan tabrikladilar.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.