Joriy yilning 7-14 fevral kunlari Navoiy viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Navoiy viloyati shahar va tumanlarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son va 8 avgustdagi PQ-3182-son qarorlari ijrosini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash, ish yuritish, ijro intizomini mustahkamlash, kadrlar bilan ishlash, arxiv ishlarini tashkillashtirish va boshqa muhim masalalar bo’yicha viloyat miqyosida o’quv seminarlari tashkil etilgan. Tashkil etilgan o’quv seminarlarida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i Bekova Sayyora Saidovna "Arxiv ishi va ish yuritish sohasiga oid hukumat qarorlari va topshiriqlarining ijrosi hamda Navoiy viloyati korxona, tashkilot va muassasalarida sohaga qaratilayotgan e’tibor” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.