/ / “O’zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil”

“O’zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil”

O’zbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi Farmoniga binoan mamlakatimizning mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini va mudofaa qudratini yuksaltirish, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish, davlatimiz sarhadlarining dahlsizligini ta’minlash, jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni, millatlararo do’stlik va totuvlikni asrash, asosiy qomusimizning hayotimizdagi o’rni va ahamiyatini keng targ’ib etish, yosh avlodni qonunga hurmat, vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qo’shib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat fahriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari "O’zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

“O’zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil”Taqdirlanganlar orasida arxiv sohasi vakillari borligi biz uchun quvonchlidir. Shu munosabat bilan Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi barcha taqdirlangan rahbar va xodimlarni tabriklaydi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!