2017 yil 29 iyulda Xalq deputatlari Nurota tumani kengashining navbatdan tashqari 29-sessiyasida "Adolat–qonun ustuvorligida” loyihasi doirasida Nurota tumanidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xodimlar mehnat faoliyatiga oid hujjatlarni Nurota tumani davlat arxiviga topshirish holatini o’rganish yakunlari masalasi ko’rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan Nurota tumani davlat arxivining direktori B.L.Tojiyev ma’ruza qilib, "Adolat – qonun ustuvorligida” loyihasi doirasida O’zbekiston Respublikasi "Adolat” sotsial-demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan "Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan xodimlar mehnat faoliyatiga oid hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish” holati yuzasidan o’rganishlar olib borilayotganligi, Jumladan, Navoiy viloyati Hokimining 2017 yil 10 iyundagi 01-08/1416-son toshiriq-xatiga asosan O’zbekiston "Adolat” SDP Navoiy viloyat kengashi raisi o’rinbosari B.Qurbonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tanlov asosida Nurota tumani hududidagi turli yo’nalishdagi 12 ta muassasa va tashkilotlarda xodimlar mehnatiga oid hujjatlar saqlanishi hamda idoraviy arxivlar holati o’rganib chiqilganligi hususida ma’lumot berdi.
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan muzokaralarda O’zbekiston "Adolat” SDP Nurota tumani kengashi va tuman tashkilotlari rahbarlari qatnashib, kun tartibida dolzarb masala ko’tarilganligi, tashkilotlardagi idoraviy arxivlar faoliyati va tashkilotlar hujjatlarini davlat arxivlariga topshirish fuqarolarimizning kelajakdagi ijtimoiy himoyasini ta’minlashda muhim rol o’ynashini ta’kidlab o’tdilar.
Sessiyada ko’rilayotgan masala bo’yicha Nurota tumani hokimi, xalq deputatlari Nurota tumani kengashining raisi J.J.Hamroyev to’xtalib o’tib, muhokama qilinayotgan masala juda muhimligi, o’rganib chiqilgan Nurota tumani moliya bo’limi, OATB "Xalq banki” Nurota tumani filiali, Nurota tumani bandlikka ko’maklashish markazi, Nurota tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limlarining idoraviy arxivlari faoliyati talab darajasida emasligi va ular tomonidan idoraviy arxivlarda saqlash muddati o’tgan hujjatlarni tuman davlat arxiviga topshirish masalasiga yetarli e’tibor bermayotganliklarini ta’kidlab, bu boradagi xalq deputatlari Nurota tumani kengashi deputatlarining hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlarining ma’suliyatini oshirish xususida to’xtalib, bajarilishi lozim bo’lgan ishlar hususida tegishli qarorlar qabul qilindi va uning ijrosi Xalq deputatlari Nurota tumani kengashi ijtimoiy masalalar doimiy komissiyasiga yuklatildi.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.