Manzil yaqin, yo’llar ravon...
Istiqlol yillarida butun mamlakatimizda bo’lganidek, viloyatimiz markazidan tortib, Qizilqum bag’ridagi eng olis ovullargacha — barcha tuman va shaharlarimizdagi ichki va tashqi yo’llar obodonlashtirildi. Asfalt yotqizilgan keng, ravon ko’cha va yo’llardan Mustaqillik davrida bunyod etilgan avtomobil sanoatimizning eng sara namunalari — zamonaviy "Neksiya", "Lasetti", "Orlando", "Malibu" kabi qushdek yengil avtomashinalar, qulay va ixcham "Damas" mikro, "Isuzu" yo’lovchi avtobuslari, "MAN" rusumli qudratli yuk mashinalari qatnab, xalqimizning uzog’ini yaqin, mushkulini oson qilmoqda. Bundan tashqari, xorijdan keltirilgan ko’plab avtobus, yengil va yuk mashinalari yurtimiz ko’chalarini to’ldirdi.
Mazkur maqola viloyatimiz transport tizimida o’z o’rni va mavqeiga ega tashkilotlardan biri — Navoiy shahridagi "Askomjtrans" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati haqida deb xabar bermoqda "navoi.uz" saytida.
"Navoiyazot" AJ yonidagi katta yo’l yoqasidan o’ngga burilib, biroz ichkariga yursangiz, MCHJning ulkan darvozasiga ko’zingiz tushadi. YAqin o’tmishda 23-avtokorxona, deb atalgan jamiyatda sobiq ittifoqdan meros qo’pol, og’ir va beso’naqay avtobuslar yo’lovchilarni arang 2-3 soatda, amallab manziliga yetkazardi. Ehtiyot qismlar yetishmasligidan haftalab ustaxonada yotardi. Ko’p yonilg’i sarflaydigan bunday avtotransportlar atmosferaga chiqaradigan zaharli gazdan nafas olish ham qiyinlashardi.
Ayni paytda 37 nafar ishchi-xodim faoliyat ko’rsatadigan ushbu jamoa fuqarolarimizning uzog’ini yaqin, og’irini yengil qilib kelmoqda.
— 2012 yilda avtoparkimizni butkul yangiladik, — deydi "Askomjtrans" MCHJ boshqaruvi raisi Ramziddin Dalliyev. — SHahrimizda "Umid nihollari" sport o’yinlari o’tkazilishi munosabati bilan o’sha vaqtda 20 ta "Isuzu" rusumli avtobus olib kelindi. O’zimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va qulay mazkur avtoulovlar aholiga manzur va ular o’z mamnunliklarini yashirishmayapti. Korxonamiz viloyat hududida yo’lovchi tashish bilan shug’ullanadi. Avtobuslarimizda Nurota, Xatirchi va Samarqand viloyatining Paxtachi tumanlariga ichki transport xizmati ko’rsatiladi. Bundan tashqari, MCHJ tasarrufida ijaraga olingan 12 ta shaxsiy "Mersedes-Bens" rusumli xorij avtobusi mavjud. Bu ulovlar esa viloyat hududidan tashqarida, "Navoiy — Toshkent" yo’nalishida qatnaydi.
E’tiborlisi, avtobuslarning barchasi texnik, ularning haydovchilari tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan ekan. Transport vositalarining kabina va salonlari tozaligiga, texnik sozligiga katta ahamiyat qaratiladi. SHuningdek, kiyinish madaniyatiga, odamlar bilan muomala qobiliyatiga ega, yo’l harakati tartib-qoidalarini tushunadigan va unga to’liq amal etadigan kishilarga avtoulovlar ishonib topshirilmoqda. Ayniqsa, ijaraga olingan mashinalarga ham o’z mulkiday ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, avaylab-asrash har bir mulkdorning, ya’ni avtobus haydovchisining vijdon burchiga aylangan. Kunlik pul tushumlarini o’z vaqtida g’aznaga topshirilishiga qat’iy rioya qilinadi. Yo’nalishda yurganlar belgilangan rejani bajarib, jamiyat iqtisodiyotini mustahkamlashga hissa qo’shadi. Deyarli har kun MCHJ xazinasiga tushgan pul mablag’lari "Ipoteka-bank" ATIBning viloyat filialiga yetkaziladi. SHofyorlar topgan daromadining 10 foizi oylik maosh sifatida plastik kartochkasiga pul o’tkazish yo’li bilan uzluksiz to’lanadi. Bayramlarda mukofot va yordam pullari ajratilmoqda. Tabiiyki, rag’batga yarasha ish unumdorligi yanada oshib, moddiy manfaatdorlik ham shunga yarasha bo’layotir.
Peshqadam haydovchilardan Istamtosh Suyarov, Normo’min SHosaidov, Olim Islomov bu borada boshqalarga o’rnak ko’rsatishmoqda.
— Texnikaning "umrini uzaytirish" maqsadida uni o’z vaqtida, sifatli ta’mirlaymiz, — deydi usta Quvondiq Ro’ziyev. — Haydovchilar ham avtobuslarni ko’z qorachig’iday saqlab, urintirmaslik harakatida yurishadi.
Avtokorxona "Navoiy neft bazasi" unitar korxonasidan ajratilgan fond asosida yoqilg’i bilan ta’minlanadi. Avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalaridan nisbatan arzon bo’lgan gaz yonilg’isi ham olinadi.
Tashkilotda ma’naviyat va ma’rifat ishlari yo’lga qo’yilgan. Har haftaning seshanba kuni o’tkaziladigan "Ma’naviyat soati"da ushbu sohaga mas’ul shaxs, bosh hisobchi Dilmurod Ochilov yurtimiz va dunyoda yuz berayotgan yangiliklardan jamoani xabardor etadi. Davlatimiz va Hukumatimiz yuritayotgan oqilona siyosat natijasida xalqimiz hayoti tobora farovonlashayotganligi, buning boisi bo’lgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish to’g’risida jonli misollar keltirib o’tadi.
Bir so’z bilan aytganda, mazkur mehnat jamoasida aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Istiqlol yillarida butun mamlakatimizda bo’lganidek, viloyatimiz markazidan tortib, Qizilqum bag’ridagi eng olis ovullargacha — barcha tuman va shaharlarimizdagi ichki va tashqi yo’llar obodonlashtirildi. Asfalt yotqizilgan keng, ravon ko’cha va yo’llardan Mustaqillik davrida bunyod etilgan avtomobil sanoatimizning eng sara namunalari — zamonaviy "Neksiya", "Lasetti", "Orlando", "Malibu" kabi qushdek yengil avtomashinalar, qulay va ixcham "Damas" mikro, "Isuzu" yo’lovchi avtobuslari, "MAN" rusumli qudratli yuk mashinalari qatnab, xalqimizning uzog’ini yaqin, mushkulini oson qilmoqda. Bundan tashqari, xorijdan keltirilgan ko’plab avtobus, yengil va yuk mashinalari yurtimiz ko’chalarini to’ldirdi.
Mazkur maqola viloyatimiz transport tizimida o’z o’rni va mavqeiga ega tashkilotlardan biri — Navoiy shahridagi "Askomjtrans" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati haqida.
"Navoiyazot" AJ yonidagi katta yo’l yoqasidan o’ngga burilib, biroz ichkariga yursangiz, MCHJning ulkan darvozasiga ko’zingiz tushadi. YAqin o’tmishda 23-avtokorxona, deb atalgan jamiyatda sobiq ittifoqdan meros qo’pol, og’ir va beso’naqay avtobuslar yo’lovchilarni arang 2-3 soatda, amallab manziliga yetkazardi. Ehtiyot qismlar yetishmasligidan haftalab ustaxonada yotardi. Ko’p yonilg’i sarflaydigan bunday avtotransportlar atmosferaga chiqaradigan zaharli gazdan nafas olish ham qiyinlashardi.
Ayni paytda 37 nafar ishchi-xodim faoliyat ko’rsatadigan ushbu jamoa fuqarolarimizning uzog’ini yaqin, og’irini yengil qilib kelmoqda.
— 2012 yilda avtoparkimizni butkul yangiladik, — deydi "Askomjtrans" MCHJ boshqaruvi raisi Ramziddin Dalliyev. — SHahrimizda "Umid nihollari" sport o’yinlari o’tkazilishi munosabati bilan o’sha vaqtda 20 ta "Isuzu" rusumli avtobus olib kelindi. O’zimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy va qulay mazkur avtoulovlar aholiga manzur va ular o’z mamnunliklarini yashirishmayapti. Korxonamiz viloyat hududida yo’lovchi tashish bilan shug’ullanadi. Avtobuslarimizda Nurota, Xatirchi va Samarqand viloyatining Paxtachi tumanlariga ichki transport xizmati ko’rsatiladi. Bundan tashqari, MCHJ tasarrufida ijaraga olingan 12 ta shaxsiy "Mersedes-Bens" rusumli xorij avtobusi mavjud. Bu ulovlar esa viloyat hududidan tashqarida, "Navoiy — Toshkent" yo’nalishida qatnaydi.
E’tiborlisi, avtobuslarning barchasi texnik, ularning haydovchilari tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan ekan. Transport vositalarining kabina va salonlari tozaligiga, texnik sozligiga katta ahamiyat qaratiladi. SHuningdek, kiyinish madaniyatiga, odamlar bilan muomala qobiliyatiga ega, yo’l harakati tartib-qoidalarini tushunadigan va unga to’liq amal etadigan kishilarga avtoulovlar ishonib topshirilmoqda. Ayniqsa, ijaraga olingan mashinalarga ham o’z mulkiday ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish, avaylab-asrash har bir mulkdorning, ya’ni avtobus haydovchisining vijdon burchiga aylangan. Kunlik pul tushumlarini o’z vaqtida g’aznaga topshirilishiga qat’iy rioya qilinadi. Yo’nalishda yurganlar belgilangan rejani bajarib, jamiyat iqtisodiyotini mustahkamlashga hissa qo’shadi. Deyarli har kun MCHJ xazinasiga tushgan pul mablag’lari "Ipoteka-bank" ATIBning viloyat filialiga yetkaziladi. SHofyorlar topgan daromadining 10 foizi oylik maosh sifatida plastik kartochkasiga pul o’tkazish yo’li bilan uzluksiz to’lanadi. Bayramlarda mukofot va yordam pullari ajratilmoqda. Tabiiyki, rag’batga yarasha ish unumdorligi yanada oshib, moddiy manfaatdorlik ham shunga yarasha bo’layotir.
Peshqadam haydovchilardan Istamtosh Suyarov, Normo’min SHosaidov, Olim Islomov bu borada boshqalarga o’rnak ko’rsatishmoqda.
— Texnikaning "umrini uzaytirish" maqsadida uni o’z vaqtida, sifatli ta’mirlaymiz, — deydi usta Quvondiq Ro’ziyev. — Haydovchilar ham avtobuslarni ko’z qorachig’iday saqlab, urintirmaslik harakatida yurishadi.
Avtokorxona "Navoiy neft bazasi" unitar korxonasidan ajratilgan fond asosida yoqilg’i bilan ta’minlanadi. Avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalaridan nisbatan arzon bo’lgan gaz yonilg’isi ham olinadi.
Tashkilotda ma’naviyat va ma’rifat ishlari yo’lga qo’yilgan. Har haftaning seshanba kuni o’tkaziladigan "Ma’naviyat soati"da ushbu sohaga mas’ul shaxs, bosh hisobchi Dilmurod Ochilov yurtimiz va dunyoda yuz berayotgan yangiliklardan jamoani xabardor etadi. Davlatimiz va Hukumatimiz yuritayotgan oqilona siyosat natijasida xalqimiz hayoti tobora farovonlashayotganligi, buning boisi bo’lgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish to’g’risida jonli misollar keltirib o’tadi.
Bir so’z bilan aytganda, mazkur mehnat jamoasida aholi ehtiyojlarini hisobga olgan holda ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.