/ / Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2016 yil I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2016 yil I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2016 yil I-chorak yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.2016 yil 29 aprel kuni Navoiy viloyati davlat arxivi binosida viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2016 yil I-chorak yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Direksiya yig’ilishida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining Direksiya a’zolari, viloyat arxiv muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Yig’ilishda - Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida 2016 yil I-choragidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va viloyat arxiv muassasalarining 2016 yil iqtisodiy dasturining muhim va ustuvor vazifalarini amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash choralari to’g’risida.

“O’zarxiv” agentligining 2016 yil I-choragidagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va Respublika arxiv muassasalarining 2016 yil iqtisodiy dasturining muhim va ustuvor vazifalarini amalga oshirilishga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishida ko’rilgan masalalar to’g’risida.

“Elektron hukumat to’g’risida”gi Qonunning arxiv muassasalarida ijrosi to’g’risida hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2015 yil 9 dekabrdagi 99-a-son bayoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida.

Korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining arxiv muassasalarida ijrosi to’g’risida.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan kelib tushgan murojaatlar ijrosi to’g’risida. 

Arxiv muassasalarida ijro intizomining ahvoli to’g’risida.

Suningdek, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi  ETKsining 2016 yil I-choragidagi faoliyati to’g’risidagi masalalar ko’rib chiqildi. Direksiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yichi tegishli qarorlar qabul qildi.

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!