/ / Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2015 yil yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2015 yil yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

 

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2015 yil yakunlariga bag’ishlangan kengaytirilgan Direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.2016 yil 27 yanvar kuni Navoiy viloyati davlat arxivi binosida viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasining 2015 yil yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan Direksiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Direksiya yig’ilishida Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasining Direksiya a’zolari, viloyat arxiv muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Yig’ilishda - Navoiy viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimida 2015 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va viloyat arxiv muassasalarining 2016 yil iqtisodiy dasturining muhim va ustuvor vazifalarini amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash choralari to’g’risida.

“O’zarxiv” agentligining 2015 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va Respublika arxiv muassasalarining 2016 yil iqtisodiy dasturining muhim va ustuvor vazifalarini amalga oshirilishga bag’ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig’ilishida ko’rilgan masalalar to’g’risida.

O'zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to'g'risida”gi Qonuni va uni amalga oshirish borasida arxiv muassasalarining asosiy vazifalari to'g'risida.

Milliy arxiv fondi Davlat katalogini shakllantirish holati, fondlashtirish va qayta fondlashtirish ishlarining borishi to'g'risida.

Viloyatdagi davlat arxivlarining 2015 yil xarajatlari smetasi ijrosi hamda davlat arxivlarida pullik xizmatdan tushgan daromadlarning sarflanishi to'g'risida.

Arxivlarga kelib tushayotgan so'rovlarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati to'g'risida.

Vazirlar Mahkamasi Rayosat Majlisining 2015 yil 9 dekabrdagi 99-a-son bayonining joylardagi ijrosi to'g'risida.

Boshqarma tizimi idoralarida korrupsion illatlarning oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha amalga oshirilgan tadbirlar holati to'g'risidagi masalalar ko’rib chiqildi. Direksiya kun tartibiga qo’yilgan masalalar bo’yichi tegishli qarorlar qabul qildi.

 

Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Veb-sayt ma'lumotlaridan foydalanilganda, NAVOIARXIV.UZ manbaa sifatida ko'rsatilishi shart!