Viloyat tarixi
«Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzey qo’riqxonasi» to’g’risida ma’lumotnoma
- 1970-yildan buyon o’tgan davr ichida, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi Arxeologiya instituti olimlari YA. G’ulomov, U. Islomov, M. Isoqov, A. Kabirovlar tomonidan Sarmishsoy madaniy merosi tarixi puxta ilmiy o’rganildi. Erishilgan ilmiy natijalar ko’plab axborotnomalar, kataloglar, ilmiy risolalar va o’quv darsliklarida nashr ettirilib, yurtimiz tarixini o’rganishda asosiy manbalardan biri sifatida foydalanib kelinmoqda.
- 2002 yildan buyon O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi Arxeologiya instituti, YUNESKO tashkiloti hamda «Norvegiya atrof muxitni muxofaza qilish Vazirligi, madaniy meros Direktorati"ning, mutaxassis olimlari (Anne-Sofie Xyugen va Knut Xelskog) bilan hamkorlikda Sarmishsoy madaniy yodgorliklari bo’yicha ilmiy tadqiqod ishlari olib borilmoqda.
- 2003 yil 27 iyunda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» kengashi, YUNESKOning O’zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi, Respublika Milliy «Teleradiokompaniyasi», Respublika «O’zbekmuzey» jamg’armasi Navoiy viloyat hokimligi bilan hamkorlikda Navoiy viloyati tarixiy-o’lkashunoslik muzeyida «XXI-asrda O’zbekiston muzeylari» mavzusidagi idoralararo seminar majlisi bo’lib o’tdi. Seminar majlisi bayonnomasida «YUrtimizning besh ming yillik tarixga ega bo’lgan nodir madaniyat yodgorliklari-Sarmishsoy petrogliflari negizida, «Sarmishsoy tabiiy — arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi"ni tashkil etish, ushbu majmua muzeyiga lavozim o’rinlari ajratib berish, Sarmishsoy petrogliflari majmuasini YUNESKO Butunjahon madaniy va tabiiy merosi ro’yxatiga kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash» to’g’risida idoralararo qaror qabul qilindi.
- 2003 yil 4 iyulda O’zbekiston Respublikasi Bosh Vazirining o’rinbosari H. S. Karomatov nomiga 01–10/320 sonli Sarmishsoyni rivojlantirish choralari to’g’risidagi idoralararo xat yo’llandi.
Xatda «Sarmishsoy qoyatosh rasmlari qadimgi avlodlarimiz yaratgan yirik ma’naviy boyligimiz ekanligi va uni kelajak avlodlarga butunligicha yetkazish maqsadida, mazkur yodgorlik negizida „Sarmishsoy“ ochiq osmon ostidagi tabiiy-arxeologik muzeyi tashkil etish uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq Vazirlar Maxkamasining tegishli qarori qabul qilinishini va YUNESKO Butunjaxon merosi ro’yxatiga kiritish uchun „Sarmishsoy“ hujjatlarini tayyorlashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz» degan taklif berildi.
- 2003 yil 15–24 sentyabr kunlari Qozog’istonda YUNESKO tashkiloti tomonidan o’tkazilgan «Markaziy Osiyo qoyatosh san’ati yodgorliklari: jamoatchilik ishtiroki, menedjment, konservatsiya, hujjatlashtirish» mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanda «Sarmishsoy madaniy merosi tarixi» mavzusida O’zbekiston olimlari tomonidan ma’ruzalar tinglandi.
- 2004 yil 23 sentyabrda Navoiy viloyati hokimining № 172 sonli «Sarmishsoy tabiiy va madaniy merosini muxofaza qilish, o’rganish hamda boshqarishning yangicha usullari» mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasini Navoiy viloyatida o’tkazish to’g’risidagi farmoyishi berildi.
- 2004 yil 23 sentyabrda Navoiy viloyati hokimining № 193 sonli «Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasini tashkil etish, muzey muxofaza zonasini belgilash va foydalanishni tartibga solish to’g’risida"gi qarori qabul qilindi.
- 2004 yil 8–16 oktyabr kunlari Navoiy shahri va Sarmishsoy darasida YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi, O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va Navoiy viloyati hokimliklari hamkorligida «Sarmishsoy tabiiy va madaniy merosini muxofaza qilish, o’rganish hamda boshqarishning yangicha usullari» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiyasi va dala seminari o’tkazildi.
- 2005 yil 4 iyunda Toshkent shahrida EKOSAN ekologiya va salomatlik xalqaro jamg’armasi tomonidan o’tkazilgan «O’zbekiston milliy bog’lari, ekoturizm va barqaror rivojlanish» mavzusida o’tkazilgan ko’rgazmada «Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi» petrogliflari foto suratlari ko’rgazmasi namoyish etildi.
- 2007 yil 20–24 mart kunlari Farg’ona viloyatida Marg’ilon shahrining 2000 yilligi yubileyi oldidan o’tkazilgan Respublika muzeylar festivalida «Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi» petrogliflari foto suratlari ko’rgazmasi namoyish etildi.
- 2007 yil 5–12 fevral kunlari O’zbektelefilm tomonidan «Ikki daryo oralig’ida» mavzusida film yaratish uchun «Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi"dagi tabiiy boyliklar va madaniy yodgorliklar suratga olindi. YAratilgan film O’zbekiston telekanali orqali namoyish etildi.
- 2007 yil 16–19 aprel kunlari O’zbektelefilm tomonidan «Muqaddas qadamjolar» mavzusida film yaratish uchun «Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi"dagi tabiiy boyliklar va madaniy yodgorliklar suratga olindi. YAratilgan ushbu film ham O’zbekiston telekanali orqali namoyish etildi.
- 2008 yil 22–26 may kunlari Toshkentda, Toshkent shahrining 2200 yilligi yubileyi oldidan o’tkazilgan Respublika muzeylar festivalida «Sarmishsoytabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi» petrogliflari foto suratlari ko’rgazmasi namoyish etildi.
- 2008 yil 26–31 may kunlari Qirg’iziston Respublikasining Bishkek shahrida YUNESKO tomonidan tashkil etilgan «Markaziy Osiyo petrogliflari — Butunjahon merosi nomzodligi ruyxati chegaralararo tizimiga kiritish» mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumanda «Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi"ning taqdimoti bo’lib o’tdi.
- 2008 yil 2 iyunda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari R. S. Qosimovga YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining № AI-179/08 sonli xati yo’llandi:
Xatda joriy yilning 17–19 aprel kunlari Navoiy shahrida «Sarmishsoy tabiiy madaniy merosini o’rganish, saqlash va boshqarish» mavzusida xalqaroilmiy-amaliy anjuman o’tkazilganligi va ushbu anjuman ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan qarorni amalga oshirishda amaliy yordam berilishi so’ralgan.
- 2009 yil oktyabr oyida Fond Forumning «JannatMakon» jurnali ijodiy guruhi loyihasi asosida Navoiy viloyatiga bag’ishlangan sonini tayyorlash uchun viloyatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan bir qatorda Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi bo’yicha ham materiallar tayyorlandi.
- 2010 yilning 17–21 aprel kunlari OOO «Terra Group» kompaniyasining ijodiy jamoasi tomonidan viloyatimizning ko’pgina tarixiy me’moriy yodgorliklari to’g’risida kinofilm yaratish uchun Sarmishsoy tabiiy arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi madaniy yodgorliklari asosida qiziqarli kadrlar suratga olindi.
- 2010 yil aprel-may oylarida «O’zbektelefilm» jamoasi tomonidan Sarmishsoy qoyatosh suratlari nomli kinofilm tayyorlash uchun Sarmishsoy tabiiy-arxeologikmajmua muzeyi qo’riqxonasi madaniy yodgorliklari materiallari asosida suratga olish ishlari amalga oshirildi. YAratilgan kinofilm xalqaro kanal orqali 3 sentyabr tungi soat 12:15 da namoyish etilishi rejalashtirilgan.
- 2010 yil mayda Viloyat hokimligi boshchiligida O’zbekiston Ekologik harakati bilan hamkorlikda, zamonaviy, rivojlangan, Xalqaro muzeyshunoslik tajribasi va mavjud qonun qoidalarga asosan, Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi hududida turistik baza qurilishi hamda «Tashrifgoh» qurilishi loyihasini tayyorlashga kirishildi. SHunga ko’ra ko’prik qurildi, yo’l va binolar qurilishi uchun tashkiliy tayyorgarlik ishlari bajarilayapdi.
- 2010 yil 6–10 sentyabr kunlari Samarqand shahrida Markaziy Osiyo qoyatosh suratlarini ilmiy o’rganish, asrash va targ’ibot qilish mavzuyida YUNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda Xalqaro ilmiy anjuman tashkil etilishi rejalashtirilgan. 8 sentyabr kuni Sarmishsoy tabiiy-arxeologikmajmua muzeyi qo’riqxonasini o’rganish uchun konferensiya ishtirokchilari Navoiy viloyatiga tashrif buyurishi belgilangan.
- 2004 yildan buyon doimiy ravishda «Sarmishsoy tabiiy-arxeologik majmua muzeyi qo’riqxonasi"ga xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrif buyurib, ularga muzey xizmati ko’rsatilib kelinmoqda.
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER tugmasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.