Bosh sahifa > Muhim sanalar va bayramlar > KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI

KO‘KRAK NISHONLARI TOPSHIRILDI


6-12-2022, 14:13. Muallif: info



O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida "O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishonlari ta’sis etilgan edi.

Bugun Navoiy viloyati hokimligi tantanalar zalida turli soha ilg‘orlari qatori Viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Sayyora Bekovaga o‘zining munosib mehnatlari uchun mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissasi uchun "O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tantanali topshirildi.

Taqdirlash marosimida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari T.Atamurodov ishtirok etdi.

Ortga qaytish