Bosh sahifa > Muhim sanalar va bayramlar > O‘ZBEK TILIM...

O‘ZBEK TILIM...


6-10-2020, 11:53. Muallif: info
O‘ZBEK TILIM...
 Beshigimda onam  alla aytgan tilim, 
 Jar boshidan  sog‘u omon qaytgan tilim.
 Millatimni shoni o‘zing faxri, bori, 
 O‘zbek tilim senga tutash mening dilim.
 Alisherdek zotlar uchun qurol tilim,
 Dunyo qasr unda katta qirol tilim.
 Munofiqning qolib ketdi yo‘lda zori,
 O‘zbek tilim senga tutash mening dilim.
 Madhiyamni bezab turgan go‘zal tilim,
 Tengin sira topolmadim g‘azal tilim. 
 Xalqim, yurtim yuragisan o‘zing ori,
 O‘zbek tilim senga tutash mening dilim.
 Qancha she’rlar, g‘azallarda kezgan tilim,
 Dostonlardan jannatimni tuzgan tilim.
 Ahlim bilan ahdimni ham bog‘lagan tilim,
 O‘zbek tilim senga tutash mening dilim.
 Zarafshon shahar davlat arxivi
 fond saqlovchi Tursunova E’zoza

Ortga qaytish